Bosh prokuratura dahlsizlik huquqidan mahrum qilingan andijonlik deputat Shuhratbek Karimovning kompaniyasi harakatlari oqibatida bir nechta fuqarolarning yerdan foydalanish huquqlari buzilganini aytmoqda. Adliya vazirligi «deputatni tintuv qilish va o‘z vakolatlarini amalga oshirishga monelik qilish noqonuniy» ekanligini ta’kidladi. Vazirlik deputatlar daxlsizligini buzganlarga chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 2020 yilda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, qasddan odam o‘ldirish 13,1 foizga, qasddan og‘ir shikast yetkazish 13 foizga, nomusga tegish 27,7 foizga, talonchilik 43,1 foizga, bosqinchilik 18,5 foizga, tovlamachilik 35,5 foizga, o‘g‘rilik 52 foizga ko‘paygan.
Toshkent viloyatida o‘zini Bosh prokuratura Departamentida ishlashini qayd etib, Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar yer maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va’da qilgan va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablg‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. ATB «Agrobank» Bekobod filiali va ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura turkshunos olim Andrey Kubatinga DXX tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qildi. Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagani, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagani va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangani aytilmoqda.
50 ming dollarga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. U yerni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali olib berishini aytgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer 189 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Bosh prokuratura hamda DXX Navoiy viloyatida tadbirkorga pul evaziga 50 gektar yerni uzoq muddatli ijara shartnomasi bilan olib bermoqchi bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimini qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jalaquduqda o‘zini “kadastr” xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalladan yer olib berishni, Jondorda esa kadastr mutaxassisi boshqa bir fuqaroga yer maydonini dehqon xo‘jaligi nomiga rasmiylashtirishni va’da qiladi. Ushbu shaxslar har ikki holatda ham o‘z xizmati evaziga kelishilgan mablag‘ni olayotganida qo‘lga tushadi.
Bosh prokuratura, DXX va IIV tomonidan Nukusda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28-moddasi, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyati «Yermulkkadastr» Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi o‘zini haliyam kadastrda ishlashini aytib, fuqaroga 8 gektar yer olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga esa 8 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushadi.
Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirdi.
Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Bosh prokuratura elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Eng yuqori jazo chorasi — 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.
Samarqandlik talaba fuqaroni Qirg‘izistondagi universitetga kiritib qo‘yish, keyinchalik o‘qishni Samarqandga ko‘chirishni va’da qilib, 5 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Talaba 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya Federatsiyasidan jinoiy javogarlikka tortish va ijro etish uchun 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari maxsus reys bilan qaytarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting