50 ming dollarga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. U yerni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali olib berishini aytgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati organlari to‘rtta teraktning oldini oldi, ulardan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, 67 ta yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 594 ta qurol noqonuniy muomaladan chiqarildi.
Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer 189 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyatida o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 5 ming dollarga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura hamda DXX Navoiy viloyatida tadbirkorga pul evaziga 50 gektar yerni uzoq muddatli ijara shartnomasi bilan olib bermoqchi bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimini qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jalaquduqda o‘zini “kadastr” xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalladan yer olib berishni, Jondorda esa kadastr mutaxassisi boshqa bir fuqaroga yer maydonini dehqon xo‘jaligi nomiga rasmiylashtirishni va’da qiladi. Ushbu shaxslar har ikki holatda ham o‘z xizmati evaziga kelishilgan mablag‘ni olayotganida qo‘lga tushadi.
Bosh prokuratura, DXX va IIV tomonidan Nukusda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28-moddasi, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijon viloyati katta tergovchisi va vaqtincha aqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Andijon viloyati IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar olayotganda hibsga olingan. Ular suddagi tanishlari orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengillashtirishni va’da bergan.
Hukumat qarori bilan DXX Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi 10 kishilik otryadlar tashkil etilmoqda. Ularga chegaraga yaqin hududda yashovchi yoki ishlovchi aholi orasidan sog‘lom 18 yoshdan yuqori, 60 yoshdan oshmagan fuqarolar tanlab olinadi. Otryad a’zolariga oylik to‘lovlar ham ajratiladi. Ular zarurat tug‘ilganda belgilangan vazifalarga jalb qilinadi.
Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.
«O‘zbekiston 24» telekanali poytaxtning Bektemir tumani hokimligi xodimi yerni rasmiylashtirib berish uchun $4000, SISI dotsenti — $10 ming, Urgutdagi poliklinika shifokori — $18 ming, NDPI dekani o‘rinbosari — $3000 va xodimi $8000 hamda BDU o‘qituvchisi — $4000 pora olayotganlarida DXX tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting