DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.
DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu kabi holat Xorazm viloyatida ham qayd etildi.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.
Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg opiy musodara qilindi.
DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.
Navoiyda fuqaroga $30 ming evaziga oltin qazib olish uchun sharoit yaratib bergan IIB inspektori, Namanganda $3 ming evaziga firmaning 383 mln so‘mlik solig‘ini bartaraf etmoqchi bo‘lgan soliq inspektori, Andijonda $5 ming evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi.
DXX tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari 16 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Zangiota tumanida Davlat xizmatlari markazi xodimi 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, fuqarodan pulning bir qismini olyotganda ushlandi. Bundan tashqari, O‘rta Chirchiq tumanida 4 gektar yerni 2,5 mln dollarga olib berishini aytgan shaxs ham qo‘lga olindi.
Poytaxtdagi qurilish korxonasi xodimi ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Farg‘onada maxsus maktab internat xodimi hamda o‘qituvchi, Toshkent shahrida talaba, Buxoroda esa universitet xodimi fuqarolardan o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olganlikda gumonlanib ushlandi. Sirdaryo viloyatida ham bir fuqaro 4500 dollar bilan xuddi shu jinoyat bo‘yicha qo‘lga olindi.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
DXX xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
DXX tomonidan Samarqandda ikki fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishi uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.
Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.
DXX “Xorazm yo‘l qurilish” bo‘lim boshlig‘ini tadbirkordan 48 ming dollar olayotganda, Xivada esa Davlat kadastrlari palatasi xodimini yer sotib olgan fuqarodan 60 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.
2022-yilda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish va terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting