«Namangan-Nanay» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatilganda, salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Fuqaro pullarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkent viloyatidagi yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Sexdan qadoqlash va dorilarining muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki muhrlar topildi.
6 oktabr kuni poytaxtda bojxonachilar va DXX xodimlari oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasini to‘xtatganda undan 433 mln so‘mlik pirotxenika vositalari topildi. Organ xodimlari hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.
DXX Farg‘onadan Toshkentga kelayotgan fuqaro mashinasida psixotrop dori vositalari borligini aniqladi. Gumonlanuvchi «Regapen» va «Tropikamid» tabletkalarini voyaga yetmagan qizi orqali olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX Toshkent va Surxondaryoda jami 95 kg giyohvand moddalarni aylanmasi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan shaxslar ushladi. Moddalar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirilgani aniqlandi.
Toshkentda advokat soliq tekshiruvidagi huquqbuzarlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga tadbirkordan 23 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Yana ikki holatda advokatlar mahbuslar jazosini yengilrog‘iga almashtirishni hal qilib berish uchun 22 ming dollar olganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan.
DXX tomonidan Namanganda 2 mln dollardan ortiq valyutaning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Gumonlanuvchi ikki shaxsga tegishli avtoulovdan 1,8 mln dollar, ularga valyuta yetkazib beruvchi shaxs avtomobilidan esa 167 ming dollar topilgani aytilmoqda.
DXX to‘rtta holatda jami 9740 ta «Repagen» va 2990 ta «Tropikamid» psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti noqonuniy yer sotishga urinishlarni to‘xtatib qoldi. Jumladan, Pop tumani hokimining sobiq o‘rinbosari «Yangi O‘zbekiston» massivida sakkizta uy qurish uchun ruxsatnoma berish uchun pul olayotganda ushlandi.
O‘zbekistonning oltita viloyatida huquq-tartibot organlari ayrim shaxslar yonida qariyb 15 kg «opiy» hamda salkam 4 kg «gashish» moddasi borligini aniqladi. Ularning aksariyati moddalarni qo‘shni davlatlardan olib kirib, sotishni rejalashtirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida $10 ming evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, Sirdaryoda $5 ming evaziga Guliston davlat universitetiga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Samarqandda esa soxta hujjatlar asosida Qozog‘istondan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
DXX Farg‘onada ikkita holatda qariyb 300 ming dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.
Surxondaryoda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan 20 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. U internet orqali «Tavhid va jihod katibasi» xodimi bilan muloqot qilib, uning g‘oyaviy ta’siri ositida «jihod» qilishni maqsad qilgani aytilmoqda.
DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.
DXX hamda bojxona qo‘mitasi xodimlari 90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi. U chegaradan pulning bir qismini avval oyoq kiyimlari ichiga, keyingi safar egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.
Qarshi shahar sudi «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayolni 9 oylik farzandi borligini hisobga olib, 3 yilga uy qamog‘iga hukm qildi. Bundan tashqari, DXX ekstremistik oqim g‘oyalarini tarqatganlikda gumonlab, yana ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gurlan tumanida ikki fuqaro tanishlari orqali 100 ming dollar evaziga 40 sotix yer maydonini omborxona qurish uchun olib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumondorlar oldindan 25 ming dollar va 65 mln so‘mni olganida ushlangan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent xalqaro aeroportida yangiyo‘llik 40 yoshli ayol 20 va 23 yoshli ikki nafar qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga chiqarib yuborishga uringanida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan odam savdosi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bekobodlik ikki nafar ayol 356 ming dollarni kiyimlari orasiga yashirgan holda Tojikistonga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi. Ular bu ishni xizmat haqi evaziga tojikistonlik fuqaro iltimosiga ko‘ra amalga oshirgani aytilmoqda. Hozirda pullarning haqiqiy egalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting