DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.
DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Yashnobod va Uchtepa tumanlarida fuqarolarga jami $22,5 ming evaziga Haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lgan firma mutasaddilari qo‘lga olindi. Ular 4 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkentda xususiy firma rahbarlari tanishlari orqali fuqaro va uning onasiga Haj vizasini tayyorlab berish uchun 20 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ular 4 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sergeli tumanida to‘rt nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSh dollarini 70 ming dollarga sotishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganini iddao qilib, “xizmati” uchun tadbirkordan 1300 dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda, u pullarni olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, DXX Andijon viloyatida ham pora olganlikda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi.
DXX 30 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga noqonuniy yuborishga kelishib, shundan 5000 dollarni olishda gumon qilingan shaxsni ushladi. Boshqa holatda ham bir nechta fuqaro ayni shu summani olganlikda ayblanib qo‘lga olindi.
Samarqandda soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori fuqaroning qarzdorligini kamaytirib berish evaziga undan 15 ming dollar olgani aytilmoqda. Namanganda esa advokat sud ishini ijobiy hal qilib berish uchun fuqarodan 7 ming dollar olgani gumon qilinmoqda.
Samarqand shahrida AQSh va Kanadaga fuqarolarni noqonuniy ravishda jo‘natmoqchi bo‘lib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
DXX poytaxtda 40 kilogrammga yaqin giyohvand moddani O‘zbekiston orqali boshqa davlatga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik va bir nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ushladi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Farg‘ona viloyatida 4 ming dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi va salkam 10 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi. Musodara qilingan dorilarning umumiy bahosi 1,5 mlrd so‘m bo‘ldi.
DXX Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln so‘mlik, jami 1,5 kg oltin quymalarining noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi.
Mirzacho‘l tuman XTB mansabdor shaxslari ortiqcha sinflar shakllantirish, ta’til, ish haqi va ustama pullarni ortiqcha to‘lash, qo‘shib yozish, kamomad kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ular davlatga qariyb 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. DXX ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
DXX va IIB Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga jo‘natishda gumonlangan ayolni ushladi. U kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga tushgani aytilmoqda.
DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.
Samarqandda 43 yoshli fuqaro boshqa bir shaxsni 30 ming dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi. Shunday holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi.
DXX Ohangaron tumanida 420 ming gektar yerni $700 mingga sotishda gumonlangan ferma rahbari, uning otasi va mahalla raisini qo‘lga oldi. Shuningdek, Jizzax va Andijonda ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.
«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting