«foto» tegli maqolalar


Foto: “Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi
11 yanvar 2025, 11:48

Foto: “Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi

Toshkentda yigirma yildan buyon bo‘sh turgan “Chorsu” mehmonxonasini buzish ishlari boshlandi. Mashhur binoning o‘rnida yangi baland qavatli mehmonxona quriladi. Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
2 yanvar 2025, 23:59

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Har yili 1-yanvarda “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtning Yangi yil kutib olinganidan keyingi manzaralarini suratga olish uchun erta tongdan shahar kezadi. Bayram izlari qolgan hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari
15 dekabr 2024, 20:14

Foto: Toshkentdagi qor bo‘roni manzaralari

Toshkent 8-dekabr kuni joriy qish mavsumidagi birinchi qorga guvoh bo‘lgandi. Oradan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston poytaxti birinchi haqiqiy qor bo‘ronini ham ko‘rdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari oppoq qorga burkangan shahar manzaralarini kadrlarga muhrladi.

Foto: Toshkentga qalin tuman tushdi
3 dekabr 2024, 22:03

Foto: Toshkentga qalin tuman tushdi

Seshanba kuni kechki payt Toshkentni qalin tuman qopladi. Xususan, aeroport reyslarni qabul qila olmay qoldi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxt ko‘chalarida sayr qilib, yilning bu faslida tez-tez takrorlanuvchi ushbu tabiat hodisasini suratga tushirdi.

“Terim — biz uchun prezident archasidek gap”. Paxta dalasidan reportaj
30 noyabr 2024, 21:52

“Terim — biz uchun prezident archasidek gap”. Paxta dalasidan reportaj

Bekobod yaqinidagi Avangard — qahramonlar qishlog‘i. Unda yarim tunda terimga chiquvchi otaxonlar, o‘g‘lidan yashirincha paxta teruvchi onaxonlar, terimga ham, uy ishlariga ham birdek ulguruvchi superkelinchaklar va hammasiga bosh-qosh “Temir xotin” bor. “Gazeta.uz” ularning turmushi va orzu-umidlari bilan tanishdi.

Foto: “XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasida namoyish etilgan 130−140 yillik suratlar
28 noyabr 2024, 19:19

Foto: “XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasida namoyish etilgan 130−140 yillik suratlar

Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.

Foto: Kuzgi Toshkent manzaralari
2 noyabr 2024, 16:17

Foto: Kuzgi Toshkent manzaralari

Toshkentning zaxlagan uylari issiqlik berilishini kutayotgan bir paytda, tashqarida yoqimli kuz havosi hukmron. Daraxtlar sarg‘ish- qizg‘ish kuzgi liboslarini kiygan, hammayoq xazon. Lekin ko‘z quvnaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin 2024-yil kuzining shunday manzaralaridan bir to‘plam tayyorladi.

Foto: Saylov uchastkasidagi kelin-kuyovlar, 100 bilan yuzlashganlar va bolalar
27 oktabr 2024, 19:58

Foto: Saylov uchastkasidagi kelin-kuyovlar, 100 bilan yuzlashganlar va bolalar

Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.

Foto: Saylov jarayoni
27 oktabr 2024, 17:37

Foto: Saylov jarayoni

O‘zbekistonda ovoz berish uchastkalari ochilganidan besh soat o‘tar-o‘tmas parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. “Gazeta.uz” muxbirlar kun davomida Toshkentdagi turli saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib bormoqda.

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi
27 oktabr 2024, 08:59

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi

Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari
17 oktabr 2024, 10:04

Foto: Xorijiy saylov uchastkalarida boshlangan deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari

O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni
7 oktabr 2024, 12:39

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni

Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
7 oktabr 2024, 11:57

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.

Futzal JCh: Argentina Fransiya ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvdan fotolavhalar
4 oktabr 2024, 15:45

Futzal JCh: Argentina Fransiya ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvdan fotolavhalar

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining 6-oktabrda bo‘ladigan finali Janubiy Amerika derbisiga aylanadigan bo‘ldi: Argentina termasi Fransiyaga qarshi yarim finalda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va endi chempionlik uchun Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi.

Foto: Farg‘ona aeroportida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi
30 sentabr 2024, 20:33

Foto: Farg‘ona aeroportida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.

Foto: Marg‘ilonda oltinchi bor “Atlas bayrami” o‘tkazildi
30 sentabr 2024, 16:07

Foto: Marg‘ilonda oltinchi bor “Atlas bayrami” o‘tkazildi

Sentabr oyining muhim madaniy-ma'rifiy tadbirlaridan biri 19−21-sentabr kunlari Marg‘ilonda bo‘lib o‘tdi. An’anaviy “Atlas festivali"da davra suhbatlari, xalqaro anjuman, moda namoyishlari, ko‘rgazma va fototanlovlar o‘tkazildi. Unda 20 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi.

Futzal JCH: O‘zbekistonning yirik mag‘lubiyati bilan tugagan Paragvayga qarshi o‘yindan fotolavhalar
17 sentabr 2024, 23:53

Futzal JCH: O‘zbekistonning yirik mag‘lubiyati bilan tugagan Paragvayga qarshi o‘yindan fotolavhalar

O‘zbekiston futzal termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozona olmadi. Aksincha, Paragvayga qarshi o‘yin o‘zbekistonliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan tugadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf uchrashuv lahzalarini kadrlarga muhrladi.

Futzal JCH: O‘zbekiston termasining Niderlandiyaga qarshi birinchi o‘yinidan fotolavhalar
15 sentabr 2024, 15:44

Futzal JCH: O‘zbekiston termasining Niderlandiyaga qarshi birinchi o‘yinidan fotolavhalar

O‘zbekistonda 14-sentabr kuni futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston futzalchilari Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yin lahzalarini kadrlarga muhrladi.

Foto: “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasidan reportaj
1 avgust 2024, 19:48

Foto: “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasidan reportaj

Tashkent City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy ko‘rgazma ochildi. Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.

Chorvoq sohilidagi Bog‘iston qishlog‘i chiqindiga to‘ldi: yordam kerak (foto)
29 iyul 2024, 15:36

Chorvoq sohilidagi Bog‘iston qishlog‘i chiqindiga to‘ldi: yordam kerak (foto)

Chorvoq suv ombori sohilidagi Shayx Umar Valiy maqbarasi ziyoratgohi joylashgan go‘zal Bog‘iston qishlog‘i chiqindixonaga aylanmoqda. Yevgeniya Mo‘minova achinarli vaziyat haqida gapirib, bu joy sayyohlar va tabiiy go‘zallikni yo‘qotmasdan oldin muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting