Bolalar bog‘chasi va bolalar uylaridagi bazmlar, san’atkorlarning televideniyedagi chiqishlari, Prezident archasi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan Kinofotofonohujjatlar milliy arxivi tahririyatga 1960−1990-yillarda mamlakatda Yangi yil qanday nishonlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnel tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari ikki yil davom etdi va qurilishga 143 mlrd so‘m sarflandi. 2022 yilda shaharda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi.
Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy intereri va fasadining ko‘rinishi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Koronavirus pandemiyasi chekinishni boshladi, ammo “Zangiota-2” yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar hayoti uchun kurash to‘xtagani yo‘q. Tibbiyot muassasasi ichki tuzilmasi qanday tashkil etilganligi, bu yerda davolanish qanday kechishi, klinika nima uchun milliy tibbiyotning qayta uyg‘onishi deb atalishi va shifokorlar bu yerda to‘plangan tajribalar bilan nima qilishlari haqida “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Samolyotdan bayroq ko‘tarib chiqqan Bahodir Jalolov, sportchilarni tabriklagan Senat raisi, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan bosh vazir, sportchilarga berilgan “Prezident sovg‘asi” — Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj (video).
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida masjidlarda Qurbon hayiti namozini ado etmaslik boʻyicha qaror qabul qilindi. Shu sababli, may oyida nishonlangan Ramazon hayitida gavjum boʻlgan masjidlar Qurbon hayiti kuni huvillab qoldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxtdagi Minor masjidining 2021 yilgi Ramazon va Qurbon hayitlari kunidagi suratlarini taqdim etadi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 1,5 milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 250 ming nafari bolalar edi. Toshkentdagi Shon-Sharaf muzeyining Ikkinchi jahon urushi bo‘limi va O‘zbekiston kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi “Gazeta.uz” so‘roviga binoan urush yillarida bolalarning evakuatsiyasi aks etgan fotosuratlarni taqdim etishdi.
5 yil oldin Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Tramvay liniyalarining yopilishidan oldin poytaxt qanday ko‘rinishda edi va bugun ularning o‘rnida nimalar paydo bo‘lgan — “Gazeta.uz"ning maxsus fotojamlanmasida.
O‘zbekistonda taroveh namozlarining o‘qilishi boshlandi. Toshkentdagi «Hazrati Imom» jome masjidida boshlangan taroveh namozlaridan «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlarini taqdim qildi. Maskan ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.
19 yil ichida birinchi marta Toshkentda to‘qqizta yangi metro bekati foydalanishga topshirildi. Ular shahar bilan qay darajada bog‘liq, o‘tish yo‘laklarida qanday qilib adashmaslik mumkin, nima uchun yerosti metrosi liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun noqulayligicha qoldi va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qiladi — «Gazeta.uz» fototahlilida.
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng 7 sentyabr kuni 330ga yaqin maktablarda o‘quv yili boshlandi. O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda birinchi o‘qish kunidan fotolavhalar.
2−13 sentyabr kunlari davlat OTMlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahrida test sinovlari 6 joyda 17 maydonchada o‘tkaziladi. Gazeta.uz poytaxtdagi tayyorgarlik ishlarini o‘rganib chiqdi.
“Gazeta.uz” iqtidorli havaskor fotograflardan o‘tgan oylar davomida suratga tushirilgan O‘zbekiston ko‘chalaridagi hayot manzaralarini bo‘lishishni so‘radi.
Fotojurnalist Husniddin Ato 2020-yil va oldingi yillar Qurbon hayiti kunida Hazrati Imom majmuasi qanday ko‘rinishda bo‘lganligi haqidagi suratlar jamlanmasini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting