Toshkent metrosi yerusti Halqa yo‘lining beshta yangi bekati (8−12) yo‘lovchilar uchun ochildi. Stansiyalarning interer dizayni, tematik bezakli “Paralimpiya harakati” stansiyasidan tashqari, boshqalar bilan bir xil. Stansiyalar qanday ko‘rinishga egaligi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
O‘zbekistonda — bahor va “har bahorda shu bo‘lar takror”: o‘riklar (va nafaqat o‘riklar) gullagan, yam-yashil o‘tloqlarda momaqaymoqlar sap-sariq bo‘lib bo‘y cho‘zgan, ularning ustida esa qishki uyqudan uyg‘ongan tabiat ramzi o‘laroq xonqizilarni ko‘rasiz. “Gazeta.uz"dan bahoriy fotojamlanma.
Blekaut, Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar, Rossiyadan relokantlar tashrifi, Nukus voqealari, SHHT sammiti, energo inqiroz va shamollashga qarshi doridan o‘lgan 20 nafar bola. “Gazeta.uz” o‘tgan yili O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni aks ettiruvchi suratlarni bir materialga jamladi.
Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.
Bozorlardagi qovun-tarvuz sotuvchilarini quyoshdan qoraygan yuzlari, bosh va yelkalariga tashlab olgan dokadan tanish mumkin. Ular xaridorlarga yoz lazzatini tatib ko‘rish uchun tarvuz tilimini uzatadilar. “Gazeta.uz” ular bilan hayoti, daromadlari hamda shirin qovun va tarvuzni qanday tanlashi haqida suhbatlashdi.
O‘zbekistonliklar pandemiya boshlanganidan beri birinchi marotaba Qurbon hayiti namozini ado etdilar. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin Toshkentdagi «Ko‘kcha» masjididan fotoreportaj tayyorladi. Namozga kelganlar bayram tilaklari bilan ham bo‘lishishdi.
Toshkentning yirik bozorlarida olomon shovqini orasida ayol kishining baland ovozi eshitiladi: «Qadimiy xo‘rozqandlar! Bolalaringizni xursand qiladigan shirinliklar hali ham bor». «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam «kinder» davrida kim va nima uchun xo‘rozqandlarni tayyorlashda davom etayotganini o‘rgandi.
Toshkent hayvonot bog‘ida «Uyga yo‘l» xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda. Ko‘rgazmadan maqsad — uysiz kuchuk va mushuklarga ularni sevadigan oilani topishlariga ko‘maklashish. Ko‘rgazmaning birinchi kunidan Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
2 may kuni ertalab O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. «Gazeta.uz» Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi.
Ramazon oyi paytida saharlikni uyda qilgan ro‘zadorlar har doim ham iftorlikka uyga qaytishga ulgurmasliklari mumkin. Kimdir ko‘chada, kimdir yo‘ldaligida, yana kimdir metro yoki avtobusda og‘iz ochmoqda. «Gazeta.uz» fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Madina A’zam iftorlik vaqtida Toshkent ko‘chalarini aylanib, chorrahalarda suv va xurmoni bepul tarqatayotgan yosh yigitlar bilan suhbatlashishdi.
Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik — undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.
Samarqandda ochiq kitob ko‘rinishidagi zamonaviy aeroport majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatish va haftasiga 120 reyslarni qabul qilish salohiyatiga ega. Boshqa aeroportlardan farqli ravishda, terminalga avtomobilda kelish mumkin, bino esa to‘siqlar bilan o‘ralmagan.
Bahor kirib kelgan bo‘lsa-da, qishnig sovuq havosi hali tugagani yo‘q. Qishloq aholisi o‘z uylarini o‘tin, ko‘mir va tezak bilan isitishda davom etmoqda. Qish qahraton kelsa, o‘tin zaxirasi sumalak pishirishga yetmasdan, tamom bo‘ladi. Ijodkor Xolida Musurmonova O‘zbekistondagi qishloqlardan biridagi qish haqida hikoya qiladi.
Havo sovuq bo‘lgan kunlar ham Anhor kanalida cho‘milayotganlarni uchratish mumkin. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam yilning har qanday faslida cho‘milishni xush ko‘radigan morjlar bilan suhbatlashdi.
Hududlardagi aholi ko‘pincha farovon hayot izlab poytaxtga ko‘chib o‘tadi. Kogonlik Ivan Zolotuxin, tendensiyalardan farqli o‘laroq, tashlandiq Yangiobod shahri yaqinidagi tog‘larga ko‘chib o‘tdi. U “Gazeta.uz"ga tog‘ instruktorligi faoliyati, haqiqiy do‘stlik va yangi uyida orttirgan bebaho xotirjamlik haqida so‘zlab berdi. “Inson o‘zini foydali his qilishi, jamiyatga foyda keltirishi kerak, aks holda hayot bo‘shab qoladi”, — deb hisoblaydi u.
2021 yil iyun oyidan buyon Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Muzey rekonstruksiya paytida atayin tashrif buyuruvchilar uchun yopilmadi. «Gazeta.uz» muxbiri Natalya Silkina muassasa direktori bilan muzey fondini to‘ldirish, uning rekonstruksiyasi va kelajagi haqida suhbatlashdi.
30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.
Yarim kundan ko‘proq vaqtdan buyon Toshkentning ayrim qismlarida elektr energiyasi mavjud emas. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin tun soatlarda poytaxt bo‘ylab sayr qildi.
Tez-tez o‘chib turuvchi chiroq, pechdan taraladigan achchiq tutun isi, sovuq havoda o‘choqda tayyorlangan ovqat, sandal atrofidagi tushlik. Qishloq ahli qishni qanday o‘tkazishi — Madina A’zam fotohikoyasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting