O‘zbekistonda 4 dekabr, yakshanba kuni rasman 153 kishi (shanba kuni — 162 kishi)da koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar, doimgidek, poytaxtda qayd etildi.
Shanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 162 nafarni tashkil etdi. Bu 21 fevraldan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Juma kuni O‘zbekistonda 156 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (oldingi kun — 159 kishi). Eng ko‘p bemor poytaxtda aniqlandi — 82 nafar. Toshkent viloyatida esa — 15 kishi, Samarqandda — 14 kishi kovidga chalingani ma’lum bo‘di.
O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi, deya ma’lum qildi SSV. Uning inkubatsiya davri qisqaroq — 2−3 kun. Alomatlari — tomoq og‘rig‘i, isitma, kuchli bosh va mushaklar og‘rig‘i, kon’yunktivit, tonzillit va otit.
1 dekabr kuni O‘zbekistonda 159 kishida koronavirus aniqlandi (o‘tgan kuni 154 kishi kasallangandi). Kasallik eng ko‘p Toshkent shahri (64 nafar) va viloyatida (19 nafar) qayd etildi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 154 kishi (bir kun avval 141 kishi) koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Kovidga chalinganlarning kunlik statistikasi ortmoqda. Eng ko‘p kasallanish doimgidek poytaxtda kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda dushanba kuni 131 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etdi (bir kun avval 137 kishi). Kasallanishlarning aksariyati Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 550 mingga yaqin dozasini qabul qilib oldi. Avvalroq qariyb 143 ming doza vaksina keltirilgan edi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).
Juma kuni 124 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi, bunday holat oxirgi marta iyun oyida kuzatilgandi (133 kishi). Eng ko‘p virus yuqtirganlar Toshkent shahrida aniqlandi.
24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 kishi (bir kun oldin 98 kishi) koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlandi.
So‘nggi 7 kunda 2310 kishi kovid yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlanib, karantinga olindi. Shifoxonalarda esa 539 nafar bemor davolanmoqda. «Hozirda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar kovid bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aniqlanmoqda», — dedi SES rahbari o‘rinbosari.
Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 92 ta holat qayd etildi, ushbu holatlarining 71 tasi Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bir kun avval 69 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani bergandi.
O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi Omicron-Delta oqsil vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi vaksina koronavirusning delta va omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan. Ikki mamlakat COVID-19`ga qarshi «samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda».
Tojikiston chegarasida koronavirus cheklovlari vaqtincha tiklandi. Mamlakatga kelganda, PZR test natijalarini yoki COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini taqdim etish kerak bo‘ladi.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonga koronavirus «omikron» shtammining yangi kichik turi kirib kelishi mumkinligini inkor etmadi. U kasallik omikronning boshqa kichik turlari bilan bir xil tarzda kechishi hamda mavjud vaksinalar kovidning barcha turlari asoratlaridan himoya qilishini ta’kidladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha hukumatlarni koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishining oldini olish uchun harakat qilishga chaqirdi. Niqob rejimi, masofa saqlash, tez-tez qo‘l yuvish, ko‘pchilik yig‘ilgan joylar va havo yaxshi aylanmaydigan xonalardan qochish tavsiya etildi.
JSST so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanish sezilarli darajada oshganini e’lon qildi. Asosan omikron shtammining mavjud kichik turlari tarqaldi, ammo yangilari ham aniqlangan. Tashkilot buster vaksinatsiyaning ahamiyatini eslatdi.
Dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi.
Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting