15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. 2 nafar bemor vafot etdi, 52 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 302 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etgan (oldingi kun 322 ta holat). 57 kishi pnevmoniyaga chalingan (61 kishi). Yana 3 kishi koronavirusdan vafot etdi.
Juma kuni O‘zbekistonda 504 kishi topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 121 taga kam. COVID-19 asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi. Qolaversa, shu kuni 89 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati hozirgacha buster doza olishi mumkin bo‘lgan 5,2 mln nafar fuqarodan 733,8 ming nafari ushbu doza bilan emlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. «Buster doza bilan emlanish „alfa“, „delta“, „omikron“ shtammidan himoya qila oladi», — deyiladi xabarda.
Payshanba kuni 625 kishining koronavirusga topshirgan test tahlilida musbat natija qayd etildi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 67 taga kam. Qolaversa, kun davomida 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 11 yanvardan beri ilk bor 700 tadan kamaydi — bir sutkada 692 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Seshanba kuni 778 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi (bir kun oldin — 773 nafar edi), qolaversa, yana 133 kishi (129 kishi) pnevmoniyaga chalindi. COVID-19 asoratlari oqibatida 4 kishi vafot etdi.
Yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilgan bemorlarning 96% koronavirusga qarshi vaksina olmaganligi aytildi. Kasallanganlarning faqat 4,1 foizi kovidga qarshi emlangan, ular orasida o‘lim holati qayd etilmagan. SSV vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, o‘lim holatlari ham kuzatilganligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu avvalgi kunga nisbatan 59 nafarga kam. Pnevmoniyaga chalinganlar soni ham kamaymoqda. Virus qurbonlari esa kecha yana 2 nafarga ortdi.
Dam olish kunlarida O‘zbekistonda bir sutka davomida 900 nafardan kam kishida koronavirus aniqlandi. Pnevmoniya bilan kasallanganlar soni ham avvalgi kunlarga nisbatan birmuncha kamaygan.
Juma kuni O‘zbekistonda 912 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test namunalari musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun avval bu ko‘rsatkich 961 taga yetgandi. Qolaversa, 155 kishida pnevmoniya aniqlandi.
3 fevralda yana 961 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 4 bemor vafot etdi. Kasallanganlarning eng ko‘pi haligacha Toshkent shahri va viloyatida aniqlanyapti.
Koronavirus yuqtirib olganlarning kunlik soni 22 yanvar maksimal (1478 ta) darajaga yetgandan beri ilk bor — 1000 tadan kamayib, 926 tani tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan hudud Toshkentligicha qolmoqda — 431 ta. Kovid asoratlari oqibatida 4 nafar bemor vafot etdi. Qolaversa, 188 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Respublika maxsus komissiyasi xorij tajribasidan kelib chiqib, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin o‘tash muddatini 14 kundan 7 kungacha qisqartirdi.
«Gazeta.uz»ga koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan homilador ayol murojaat qilib, vaksinaning homilaga ta’siri to‘g‘risida ishonchli ma’lumot so‘radi. Virusologiya instituti shifokori Jaloliddin To‘ychiyevning tahririyatga ma’lum qilishicha, shu vaqtgacha homilador ayollar va tug‘ilgan bolalarda vaksinaning salbiy ta’siri kuzatilmagan. SES vaksinalar bo‘limi boshlig‘i Diloram Tursunova esa JSST vaksina olganlik sababli homiladorlikni to‘xtatishni tavsiya etmasligini eslatdi.
Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov O‘zbekistonda koronavirus bilan yangi kasallanish holatlarining 85 foizi «omikron», 15 foizi «delta» shtammiga to‘g‘ri kelayotganligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aksariyat bemorlar kasalxonada davolanishi shart emas, lekin vahima sababli odamlar turli yo‘llar bilan shifoxonada davolanishga harakat qilmoqda.
22 yanvardan beri koronavirusning kunlik holati kamayib bormoqda — dushanba kuni virus 1015 kishida aniqlandi. Toshkent shahrida kasallanish holatlari ortgan, viloyatlarda esa kamaygan. Qolaversa, 196 nafar fuqaroda pnevmoniya qayd etildi.
Britaniya hukumatining Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslari aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi, OIVga chalingan Janubiy Afrika fuqarosida koronavirusning 21 mutatsiyasi aniqlangani, Polsha Milliy xavfsizlik byurosining Ukrainaga harbiy yordam jo‘natilishini tasdiqlagani, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda qaysi davlatlardan gaz olib kelishni muhokama qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting