«koronavirus» tegli maqolalar


Koronavirusga qarshi kurash uchun sarflangan mablag‘lar nima uchun ishlatilgan
8 fevral 2021, 15:32

Koronavirusga qarshi kurash uchun sarflangan mablag‘lar nima uchun ishlatilgan

2020 yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga 4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Xarajatlar dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va karantin zonalarini qurishga ajratilgani ma’lum qilindi.

Chexiya va Niderlandiyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi
4 fevral 2021, 11:41

Chexiya va Niderlandiyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi

Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq, Chexiyada esa 16,6 mingdan ortiq inson vafot etdi.

«Britancha» koronavirus: qisqa savollarga batafsil javoblar
2 fevral 2021, 11:43

«Britancha» koronavirus: qisqa savollarga batafsil javoblar

O‘zbekistonda ham aniqlangan koronavirusning «britancha» shtammi haqiqatan ham yuquvchanmi, uning eski shtammlardan qanday farqi bor, avval koronavirusga chalinganlarga ham yuqishi mumkinmi, vaksinalar ularga ta’sir ko‘rsata oladimi va boshqa savollarga batafsil javoblar.

Xitoy vaksinasi sinovlarida qo‘shimcha 4 ming kishi qatnashadi
1 fevral 2021, 10:27

Xitoy vaksinasi sinovlarida qo‘shimcha 4 ming kishi qatnashadi

Xitoy vaksinasining O‘zbeikstonda olib borilayotgan uchinchi sinov bosqichlarida ko‘ngillilar soni 9 ming kishigacha oshirildi. Bunga sabab, ikkinchi va uchinchi doza emlash bosiqichida ishtirokchilar soni kamayishi mumkinligi, hamda koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish murakkablashayotgani ekanligi aytilmoqda.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi
29 yanvar 2021, 12:27

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. «Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — degan bosh kotib.

Samarqandda 15 ming nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi kutilmoqda
29 yanvar 2021, 10:47

Samarqandda 15 ming nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi kutilmoqda

Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.

COVID-19 rasman aniqlanmagan Turkmanistonda vaksinatsiya jarayonlarini boshlash rejalashtirilmoqda
29 yanvar 2021, 10:11

COVID-19 rasman aniqlanmagan Turkmanistonda vaksinatsiya jarayonlarini boshlash rejalashtirilmoqda

Turkmanistonda rasman koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan bo‘lsa ham fuqarolarni emlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar davom etmoqda.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshdi
27 yanvar 2021, 10:41

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida bo‘lib turibdi.

Niderlandiyada komendantlik soati tufayli fuqarolar norozilik namoyishlari davom etmoqda
26 yanvar 2021, 17:58

Niderlandiyada komendantlik soati tufayli fuqarolar norozilik namoyishlari davom etmoqda

Niderlandiyadagi COVID-19 ga qarshi karantin choralari tufayli norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarga olib keldi. Ushbu holat 40 yildan buyon Gollandiyada ilk bora sodir etilayotgani qayd etildi.

Konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi
26 yanvar 2021, 15:59

Konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 28 yanvardan boshlab konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda konsert saroylari faqat 50 foizgacha to‘ldirilishi, o‘rindiqlarda oraliq masofa saqlanishi va barcha himoya niqobda bo‘lishi kerak.

Emomali Rahmon Tojikistonda COVID-19 bemorlari qolmaganligini ma’lum qildi
26 yanvar 2021, 13:27

Emomali Rahmon Tojikistonda COVID-19 bemorlari qolmaganligini ma’lum qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan bemorlarning qolmagani haqida ma’lum qildi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan so‘nggi 15 kun ichida infeksiyaning yangi holatlari aniqlanmagani aytilmoqda.

«30−40 foiz aholida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet bo‘lishi mumkin» — Sanitariya-epidemiologiya xizmati
20 yanvar 2021, 10:56

«30−40 foiz aholida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet bo‘lishi mumkin» — Sanitariya-epidemiologiya xizmati

Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Botirjon Qurbonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lganligini ta’kidladi. «Jamoaviy immunitet aholining 70−80 foizi darajasida hali shakllanmagan. 30−40 foiz atrofida bo‘lishi mumkin», dedi u.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 yanvar 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘izistonning saqlash sharoiti yo‘qligi uchun Pfizer vaksinasini ishlatishdan bosh tortgani, Germaniyaning karantin choralarini 15 fevralga qadar uzaytirishi, Turkiyaning koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan 100 ming dona Pfizer vaksinasi olib kelinadi
18 yanvar 2021, 13:29

O‘zbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan 100 ming dona Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinadi. Mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan
15 yanvar 2021, 17:04

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan

Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi.

“Ералаш”ning badiiy rahbari Boris Grachevskiy vafot etdi
15 yanvar 2021, 09:42

“Ералаш"ning badiiy rahbari Boris Grachevskiy vafot etdi

“Ералаш” bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy 71 yoshida koronavirusdan vafot etdi.

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Vuxan shahriga kelishdi
14 yanvar 2021, 12:28

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Vuxan shahriga kelishdi

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyning Vuxan shahriga kelib qo‘nishdi. 2019 yil dekabrida aynan ushbu shaharda ilk bor COVID-19 infeksiyasining tarqalishi kuzatilgan.

Tokioda favqulodda holat joriy etildi
7 yanvar 2021, 14:44

Tokioda favqulodda holat joriy etildi

COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi
4 yanvar 2021, 15:59

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 milliondan oshdi. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan ortiq bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi
3 yanvar 2021, 10:58

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi

Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 nafar yo‘lovchida koronavirus aniqlandi. Bu vaqt davomida 12 ta davlatdan 12 mingdan ziyod kishi keldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting