Turkiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda. Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalar ish vaqtiga cheklovlar qo‘yildi. Bar va restoranlar faqat olib ketish xizmati orqali ishlaydi. Kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi, maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tadi. Dam olish kunlari ko‘chaga soat 20:00 dan 10:00 gacha chiqish taqiqlanadi.
Davlat rahbari bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, prezident matbuot xizmati COVID-19 shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotganini qayd etdi. SSV esa 17 noyabr holatiga mamlakatda 2123 nafar koronavirus bemori borligini ma’lum qilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalardagi bemorlar soni va davolanayotgan koronavirus bemorlari ko‘rsatkichlardagi farqlarga izoh berdi. Unga ko‘ra, rasmiy statistikaga faqatgina maxsus laborator tekshiruvlarda koronavirus tasdiqlanganlar kiritiladi. Shifoxonalar statistikasida esa kasallik belgilari mavjud yoki pnevmoniya bo‘lganlar, lekin infeksiya tasdiqlanmagan bemorlar ham kiritilgan bo‘ladi.
Qozog‘iston prezidenti Covid-19 bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi."Hayolparastlik o‘ta xavfli hodisa, chunki u haqiqiy tahdidlar manzarasini buzadi, shuningdek butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash strategiyasini buzadi", — dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasining ishlab chiqarilishi Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun mamlakatda zavod ochiladi.
15 martdan beri koronavirus bemorlarini davolash uchun qayta profilga kiritilgan Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi odatdagi ish rejimiga qaytib, boshqa yuqumli kasalliklarga chalinganlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Hozirda faqatgina «O‘zekspomarkaz»dagi saralash va taqsimlash markazi hamda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Moskvada koronavirus holatlari ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Universitetlar va kollej talabalari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Kafe, restoran va tungi klublarning ishlash vaqti chegaralanadi.
AQSHda so‘nggi 24 soat davomida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 10 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda asosiy infeksiya tarqalish o‘choqlari Texas, Kaliforniya va Florida shtatlari bo‘lib turibdi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.
Koronavirus tarqalishi sababli Italiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy qildi. Muzey va ko‘rgazmalar yopilib, yuqori maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.
Fransiya va Germaniya COVID-19 ga chalingan bemorlar soni ortgani sababli shu oyning o‘zida yana takroran karantin e’lon qildi. Bolalar bog‘chalari va maktablardan tashqari, barcha restoran, bar, kinoteatr va fitness-markazlari yopiladi.
Koronavirusga chalingan va uy sharoitidagi reabilitatsiyaga muhtoj bemorlarga vaqtincha foydalanish uchun pulsoksimetr va kislorod konsentratorlari bepul tarqatiladi. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining ulgurji sotuvi, preparatlarning importi va ishlab chiqarilishi muddatining uzaytirilishiga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda ham koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari mavjudligi ma’lum qilindi.
Bugungi og‘ir sharoitda yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatni O‘zbekiston qanday yengayotgani, infeksiya tarqalishining oldini olishda ishonchli statistika, sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining tezkorligi va fuqarolar mas’ulligining ahamiyati haqida cyenator, tibbiyot fanlari nomzodi Dilorom Toshmuhamedovaning maqolasida.
Yevropa mamlakatlarida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Ispaniyada butun boshli viloyat ikki haftaga yopiladi, Fransiya va Belgiyada favqulodda holat joriy etildi.
Isroil va Bahrayn o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani, Norvegiyada koronavirusning yangi turi, COVID-19 holatlari qayd etilmagan Turkmanistonda fuqarolarni niqob taqishga chaqirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangandan keyin dunyodagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. Dastlabki davolanishdan ikki oy o‘tib takroran COVID-19 aniqlangan 89 yoshli ayol vafot etdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar sonining bir kunlik rekord darajadagi o‘sishini qayd etdi — kuniga 338 mingdan ortiq kishi. Aksariyat holatlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.
Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting