Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.
Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar o‘rtasida bosh sovrini avtomobil bo‘lgan yutuqli o‘yin tashkil etiladi. Qolaversa, SSV ish beruvchilardan 20 yanvarga qadar xodimlari koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlashni so‘radi (yangilandi).
Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket oltinchi kun o‘sishda davom etayapti — payshanba kuni yana 824 kishida virus aniqlandi. Birgina poytaxtning o‘zida 434 ta holat qayd etildi. 3 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev bugun 03:00 larda Toshkent shahar tez yordam stansiyasiga borib, «tez yordam» holatini tekshirdi. Uning topshirig‘i bilan qo‘shimcha 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi xizmatga biriktiriladigan bo‘ldi. Vazir shuningdek, Toshkentning 12 ta tumanida kasallik klinik belgilarsiz va yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish uchun COVID-poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi.
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga javob qaytargan Shavkat Mirziyoyev, Mudofaani boshqarish milliy markazi ochilgani, qurol yordamida to‘xtatilgan Malibu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot, poytaxtda portlatilgan «o‘t o‘chirgich» bo‘yicha 13 kishiga qo‘yilgan ayblov, Marokash shartnomasiga qo‘shilgan O‘zbekiston, hokimlarning kengash raisi maqomi bekor qilinmaganiga izoh bergan Senat va boshqa xabarlar «Gazeta.uz» ning 13 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
12-yanvar kuni O‘zbekistonda yana 714 kishi koronavirusga chalindi. Bu oldingi kundan 110 nafarga ko‘p. Kasallanish ketma-ket 5-kun yana ortmoqda. Shuningdek, 3 kishi virusdan vafot etdi.
Bir hafta ichida dunyoda rekord darajada COVID-19'ga chalinish holatlari aniqlangani, Germaniyada Telegram`ning bloklanishi mumkinligi, Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar tufayli 240 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rgani, «Tolibon» Afg‘onistonning kelasi uch oy uchun 509,4 mln dollarlik budjetni tasdiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov 15 yanvardan tashkilotlarning emlanmagan ishchilari masofaviy ishlashga yuborilishini ma’lum qildi. «Keyingi besh kun ichida ishchilari vaksinaning birinchi dozasini olgan muassasalar avvalgidek ishlashda davom etishlari mumkin», — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.
Seshanba kuni O‘zbekistonda 604 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan va 4 kishi vafot etgan. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta sentabr oyida qayd etilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat xavotirli bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.
Dushanba kuni 425 kishida koronavirus aniqlandi. Yana 4 kishi kasallikdan vafot etdi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilgani yo‘q. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, ammo epidemiologik vaziyatga qarab choralar keskinlashishi mumkin, deya ta’kidlandi poytaxtda o‘tgan SSV va SEO matbuot anjumanida.
O‘zbekistonda yakshanba kuni deyarli 390 kishida koronavirus aniqlandi, 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini tugashi bilanoq kunlik koronavirus holatlarida yana keskin o‘sish kuzatildi. 8 yanvar kuni pandemiya boshidan buyon qish mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, keyinroq mamlakatda omikron shtammi aniqlangani aytildi. Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus to‘lqinlari asosan bahorning oxirida boshlanib, qishgacha davom etayotgan edi.
So‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 397 kishi koronavirus yuqtirib oldi, uch kishi esa vafot etdi. 5 yanvargacha COVID-19`ga chalinganlar soni 100 kishidan oshmayotgan, 9 kundan beri esa o‘limlar qayd etilmagan edi.
Buyuk Britaniya 10 yanvardan O‘zbekistonning koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan olishni boshlaydi. Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PZR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.
Latviyaning koronavirus sababli favqulodda holat rejimini martgacha uzaytirayotgani, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya va Shveysariyada kunlik COVID-19 holatlari soni bo‘yicha rekordlar yangilangani, AQShda qor bo‘roni tufayli besh kishining halok bo‘lgani, Qozog‘istondagi so‘nggi vaziyat va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.
«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting