O‘zbekistonda rossiyaliklar aynan qanday sohalarda biznes qilishmoqda? Ular mamlakatda qaysi sohalarni tavsiya etishadi? Umuman, 2022 yil boshidan buyon kirib kelgan Rossiya tadbirkorlari O‘zbekiston haqida qanday fikrda?
Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlari eksportini oshirishni taklif qildi. O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga esa oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshiriladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Moskvadagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashgan yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.
Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga moliya sektorini isloh qilish maqsadlari uchun 15 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihaga ko‘ra, bir qancha davlat banklari xususiylashtiriladi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida — taraqqiyot banki tashkil etiladi, u eksport qiluvchilarni resurslar bilan ta’minlaydi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yirik YTH sodir bo‘ldi. Buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o‘tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. IIV 9 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Afg‘oniston O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun $100 mlndan ortiq qarzi borligi ochiqlandi. Energetika va suv resurslari vazirligi qarzni to‘lashda ushbu mamlakatlarga pul o‘tkazishdagi qiyinchiliklar to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘oniston tomoni o‘tgan yil davomida elektr energiyasi uchun qarzni to‘liq to‘laganini ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning Aksiy tumanida ekin maydonlarda Marokko chigirtkasi keskin ko‘payib ketayotgani aytilmoqda, bu O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu vaziyat nazoratga olingani va tegishli choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilda qo‘shni davlatlardan 50−60 ming gektarga chigirtkalar uchib o‘tish xavfi bor, shu bois Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzaxda kimyoviy ishlov ishlari olib borilmoqda.
Dushanbe shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus va traktor ishtirokidagi avariyada jabrlangan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish va hodisa sabablarini o‘rganish uchun qo‘shni davlatga maxsus ishchi guruhni yubordi. Unga favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov boshchilik qilmoqda.
O‘zbekiston TIV Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirdaligini bildirib, tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirdi. Aprel o‘rtalaridan beri Falastin va Isroil o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygandi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning doimiy aholisi 130 ming kishiga ko‘payib, 35,4 mln kishiga yetdi. Yil davomida o‘zbekistonliklar soni 738,3 ming kishiga yoki 2,1 foizga o‘sdi. Yilning dastlabki uch oyida tug‘ilishlar soni keskin — 13,4 foizga o‘sdi, o‘lim darajasi esa 0,5 foizga oshdi va koviddan avvalgi ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.
«Tolibon» matbuot kotibi o‘rinbosari Inomulla Samangoniy ISHIDning Xuroson bo‘limi jangchilari Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga raketalar uchirishga uringani, biroq snaryadlar o‘zbek chegarasigacha yetib bormaganini tasdiqladi. U Afg‘oniston hech kimga o‘z hududidan qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid qilishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. Shunga qaramasdan, mamlakat muvaqqat hukumati TIV o‘qqa tutish holatini rad etdi.
Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi rahbari Olim Narzullayevning aytishicha, Afg‘onistondan «Shimoliy yo‘nalish» orqali narkotik moddalarni olib o‘tish holatlari ko‘paygan. Bunda ko‘p kuzatilgan narkotik moddalarni olib o‘tishga urinish O‘zbekiston transport infratuzilmasi orqali bajarilgan.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi aprel oxirida O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shuningdek, Yaponiya TIV rahbari iyun oyi oxirigacha Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishini o‘tkazish va Xitoy kreditlari xavfi haqida ogohlantirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi etib saylandi. Komissiya dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari bo‘yicha malakali maslahat yordamini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasini tushunishini ma’lum qildi. «Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham chuqur tarixiy va muhim rishtalarga ega. Manfaatlar bois O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur… O‘zbekiston birontasining yonini olmayapti», — dedi u.
O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi o‘rtacha 2 barobarga oshdi. Bu Rossiya zavodlaridagi oqartirgich importi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli qog‘oz narxining oshishi fonida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda qog‘oz va karton importining deyarli yarmi Rossiya korxonalariga to‘g‘ri keladi.
Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.
1 maydan xorijliklarga O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulkka sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berildi, ularning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Bundan tashqari, xorij fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun Toshkent viloyati va Toshkent shahrida xarid qilish talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati ham kamaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting