O‘zgidromet hafta oxirigacha So‘x va Farg‘ona tumanlari, qolaversa, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida muzli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati +45 darajagacha issiq bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Bu iqlimiy meyorlardan 5−7 darajaga yuqori ekani aytildi.
Dam olish kunlari Turkmanistondan O‘zbekistonga juda issiq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet 25 iyundan mamlakatda chilla boshlanishi va u 3 avgustgacha davom etishini ma’lum qildi.
O‘zgidromet hafta oxiriga qadar va dushanba kuni kuzatiladigan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirdi. Aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Toshkentda o‘rtacha oylik miqdor 17 mm ni tashkil etgan bir vaqtda, oy boshidan buyon 22 mm yoki me’yordagidan 130 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘di. 20 iyun kuni poytaxt markazida 15 mm, xalqaro aeroport hududida 21 mm yomg‘ir yog‘di.
20 iyun kuni Toshkent shahrida yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosdi. Yomg‘ir hatto savdo markazlaridagi do‘konlargacha kirib bordi.
Dushanbadan chorshanbagacha respublikaning turli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘adi, harorat esa +23…+28 atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat +39 darajaga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirib, aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Bundan tashqari, 18−21 iyun kunlari shamol tezligi 18 m/s dan 28 m/s gacha kuchayadi, natijada chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tariladi, kechalari esa +21 daraja atrofida bo‘ladi. Dushanba va seshanba kunlari tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud.
Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.
O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
O‘zgidromet rahbarining birinchi o‘rinbosarining fikricha, qurilishlar sabab O‘zbekistonda havo ifloslanishi muammolardan biriga aylanib bormoqda. “Qurilishlar baribir bir kun to‘xtaydi. Mutaxassis sifatida aytaman, 5−10 yildan keyin shahar havosi yaxshi bo‘ladi”, — dedi Ibratjon Karimov.
Hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hududlarga qarab, +35…+42 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, juma kuni esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
2−4 iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatining tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Qolaversa, haftaning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang to‘zoni kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet kelayotgan yoz anomal issiq bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Biroq ob-havoning o‘ta issiq bo‘lishi ham istisno qilinmaydi, bu — O‘zbekiston iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridir, deya ta’kidladi sinoptiklar. Iyun oyi bo‘yicha ob-havo prognozi.
Juma kuni Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi natijasida dam olish kunlari barcha hududlar sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati +21…+26 darajadan yuqori bo‘lmaydi, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet 27−29-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi (sel kelishi ehtimoli bo‘lgan hududlar ro‘yxati).
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Seshanbadan kunlar yana isiy boshlaydi, harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni esa ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘adi. Haftaning ikkinchi yarmidan shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda anomal issiq kunlar soni yiliga me’yordagi 15−30 kundan 25−40 kungacha ko‘paydi. Qurg‘oqchilik davri davomiyligi ko‘p yillik o‘rtacha 30−70 kundan 50−80 kungacha ko‘tarildi, deya xabar qildi O‘zgidromet.
O‘zgidromet 18−23 may kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting