«qoraqalpog‘iston» tegli maqolalar


Ombudsman idorasi qiynoqlar ehtimoli haqidagi xabarga raddiya berdi
17 avgust 2022, 22:26

Ombudsman idorasi qiynoqlar ehtimoli haqidagi xabarga raddiya berdi

Ombudsman idorasi «Gazeta.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi mahbuslarning advokatlari qiynoqlar to‘g‘risida ma’lum qilgani haqidagi xabariga raddiya berdi. Xabarda advokatlardan qiynoqqa solish holatlari kuzatildimi, degan savolga javob olingan, deya aniqlik kiritdi ombudsman matbuot xizmati.

«Qoraqalpog‘istonda hech qanday repressiya va bosim yo‘q» — Alisher Qodirov
17 avgust 2022, 19:51

«Qoraqalpog‘istonda hech qanday repressiya va bosim yo‘q» — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarning mingdan ortiq ishtirokchisi «aybsiz bo‘lgani uchun emas, yaxshi niyat namoyishi sifatida» qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi. Qolganlar tergov qilinmoqda (qancha odamligi aytilmadi). Hech qanday repressiya va bosim yo‘q, deya qo‘shimcha qildi deputat.

Qoraqalpog‘istonda hibsga olinganlar qiynoqqa solingan bo‘lishi mumkinligi haqida ilk bor rasman xabar berildi
17 avgust 2022, 18:47

Qoraqalpog‘istonda hibsga olinganlar qiynoqqa solingan bo‘lishi mumkinligi haqida ilk bor rasman xabar berildi

Ombudsman Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda hibsga olinganlarning advokatlariga tayanib, uchrashuvlarga to‘sqinlik qilingani va tergovda qiynoqqa solishlar bo‘lganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» reportajida qiynoqqa solish holatlari haqida yozgandi, komissiya a’zosi Alisher Qodirov esa buni yolg‘on deya atagandi.

Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
16 avgust 2022, 10:05

Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Badiiy akademiya Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi asoschisi Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. 4 avgust kuni Savitskiy tavalludining 107 yilligi nishonlanayotgan vaqtda jamoatchilik e’tibori haligacha muzey asoschisiga haykal o‘rnatilmaganiga qaratildi.

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi
30 iyul 2022, 10:54

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda kadrlar o‘zgarishi davom etmoqda. Bungacha Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan Baxtiyar Torebekov respublika ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Qo‘rquv va azob — Qoraqalpog‘iston oradan bir oy o‘tgach nimani his qilmoqda?
30 iyul 2022, 10:25

Qo‘rquv va azob — Qoraqalpog‘iston oradan bir oy o‘tgach nimani his qilmoqda?

«XXI asrda bunday bo‘lishiga, bu kabi qo‘rquvni his qilish mumkinligiga hali ham ishona olmayapman» — demoqda Nukus aholisi. Ko‘pchilik o‘z yaqinlari va do‘stlarini yo‘qotdi, ammo bu haqda gapirishdan qo‘rqmoqda. «Gazeta.uz» bosh muharriri Azamat Atajanovning reportaji.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
26 iyul 2022, 19:33

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Erkaboy Tajiyev Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘ldi
23 iyul 2022, 12:03

Erkaboy Tajiyev Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining O‘zbekiston bosh prokurori qatnashgan sessiyasida Erkaboy Tajiyev respublika prokurori lavozimiga tayinlandi. U 2016−2017 yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat olib borgan.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi
21 iyul 2022, 09:29

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi

Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi
20 iyul 2022, 21:03

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyuldan tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda
20 iyul 2022, 15:11 1

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llab, favqulodda holatni yumshatishni so‘radi. Avvalroq «Yangi O‘zbekiston» gazetasi murojaatda aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish so‘ralgani haqida yozgandi, biroq, oradan vaqt o‘tib xabar tahrirlandi.

Qoraqalpog‘istonda internet ishlay boshladi. Hozircha bu vaqtincha yoki doimiyligi noma’lum
19 iyul 2022, 14:39

Qoraqalpog‘istonda internet ishlay boshladi. Hozircha bu vaqtincha yoki doimiyligi noma’lum

Qoraqalpog‘istonda soat 13:45 lar atrofida internet yana ishlab ketdi, deya ma’lum qildi Nukus aholisi. Telegram-kanallar va saytlar jonlana boshladi. Iyul boshidan beri respublikada internetga kirishning imkoni bo‘lmayotgandi.

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi
18 iyul 2022, 16:34

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashgan ayrim fuqarolarning bedarak yo‘qolgani haqidagi ma’lumotlar «mutlaqo asossiz», deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Avvalroq Open Dialogue Foundation bedarak yo‘qolgan fuqarolarning 58 nafar ismi-sharifi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi
18 iyul 2022, 15:20

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi

Nukusdagi voqealar oqibatida halok bo‘lganlar soni yana 3 kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Bosh prokuratura. 16 kishi kasalxonada qolmoqda. Fuqarolar, tashkilotlar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
17 iyul 2022, 23:10

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar hisobotni o‘z vaqtida topshirmaganlari uchun javobgarlikka tortilmaydi
16 iyul 2022, 19:06

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar hisobotni o‘z vaqtida topshirmaganlari uchun javobgarlikka tortilmaydi

Favqulodda holat rejimida Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi.

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istonda tekshiruvlarni boshladi
16 iyul 2022, 10:54

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istonda tekshiruvlarni boshladi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha parlament komissiyasi shanba kuni tekshiruvlarni boshladi. Uning tarkibidan senatorlar, deputatlar, NNT va Qoraqalpog‘iston vakillari joy olgan. Komissiya inson huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlarini atroflicha o‘rganadi.

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi
15 iyul 2022, 22:10

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

Senat va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzdi. Unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi
13 iyul 2022, 17:03

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Qoraqalpog‘istonda komendantlik vaqti 23 dan soat 5 ga qadar etib qisqartirilmoqda, bunga qadar soat 21 dan soat 7 gacha edi. Respublikadagi vaziyat barqarorlashgani tufayli prezident hududda favqulodda holat rejimini yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
10 iyul 2022, 19:02

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi

Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi. Vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olingan, qabul sanasi esa tez orada SMS-xabarnoma hamda telekanallar orqali yetkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting