Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.
Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazish jarayonini yakunladi. Avvalroq mamlakat rasmiylari domenni respublikadan tashqarida joylashgani sababli vaqtincha o‘chirib qo‘ygandi.
Qozog‘istonning magistral neft quvuri milliy operatori “Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Yetkazib berish hajmini 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qozog‘iston sudi mamlakat fuqarosini “Vagner” XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi — u yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.
O‘zbekistonga gaz yetkazib berish boshlanishi bilan “Gazprom” Rossiya gaz transporti tizimidagi oqimlarni qayta konfiguratsiya qilish, shuningdek, mamlakatdagi yerosti gaz saqlash tizimi ishini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi, dedi “Gazprom PXG” bosh direktori Igor Safonov.
Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov mamlakatning g‘arbiy viloyatlarini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘li qurilishini ma’lum qildi. Bu yo‘l Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi shakllantirishni yakunlashga xizmat qiladi.
Qozog‘istonda tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlarining sinov tariqasidagi ilk saylovi yakunlari sarhisob qilindi. Amaldagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari qariyb barcha joyda g‘alaba qozonishdi, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Falastin xalqiga insonparvarlik yordami uchun 1 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. U Qozog‘iston mojarolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Emmanuel Makronning Ostonaga tashrifi chog‘ida strategik minerallar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Qasim-Jomart Tokayev, shuningdek, Qozog‘iston Fransiyaga neft eksportini ko‘paytirishga tayyorligini va uran yetkazib berishda katta imkoniyatlar ko‘rayotganini ta’kidladi.
Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida metan portlashi oqibatida halok bo‘lgan barcha konchilarning jasadlarini olib chiqdi. 46 nafar konchi halokat qurboni bo‘ldi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda metan portlashi sodir bo‘lib, kamida 28 konchi halok bo‘ldi, yana 18 kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Prezident Toqayev korxonaga egalik qiluvchi kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatishni topshirdi. 29-oktabr mamlakatda motam kuni deb e’lon qilindi.
Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.
Qozog‘iston radikalizm va huquqiy nigilizmning istalgan ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik siyosatini davom ettiradi, dedi Qosim-Jomart Toqayev. U davlatda “qonun va tartib diktaturasi”ni ta’minlashga chaqirdi va qonunga zid hamda barqarorlikni buzuvchi so‘z va harakatlarni “qat’iy bostirish”ga va’da berdi.
Qozog‘istonda g‘isht zavodlarida mehnat qulligida saqlangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Ushbu fuqarolar vatanga qaytarilishi, zarur yordamlar ko‘rsatilib, O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi bildirildi.
Qozog‘iston 106 turdagi tovarning Rossiyaga eksportiga taqiq qo‘ydi. Ular urushda ishlatilishi ehtimoli bo‘lgan tovarlar guruhi hisoblanadi. Ro‘yxatda dronlar, mikroelektronika va boshqalar bor. Ukraina prezidenti ofisi mamlakatning bu qaroriga munosabat bildirdi.
Qozog‘istonda 60 dan ortiq o‘zbekistonlik mehnat qulligidan qutqarilib, vaqtinchalik saqlash markazi va hostelga joylashtirildi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari ular bilan uchrashdi. Fuqarolar pasporti qaytarib berilsa, vatanga qaytishi va ish beruvchiga e’tirozi yo‘qligini bildirdi, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston politsiyasi Chimkentdagi g‘isht zavodlarida noqonuniy ravishda ushlab turilgan 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mehnat qulligidan ozod qildi. Zavodlar egalari qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berdi. Ikki yillik shartnoma yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazishni nazarda tutadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting