Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak.
Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.
Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.
Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.
Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.
O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv sarfini o‘lchash uchun bir-biriga hisoblagich o‘rnatadi. Tomonlar ma’lumotlarni onlayn tarzda almashib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ham xuddi shu maqsadda gidropostlar o‘rnatilgan edi.
Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.
Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
2023-yili O‘zbekiston Rossiya tabiiy gazini 1000 kub metri uchun 160 dollardan sotib oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant’”. Bu narx Turkiya va Xitoyga sotilayotgan Rossiya gazi o‘rtacha narxidan past.
Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting