O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreya tomonidan kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. Vazirlik ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortish tarafdori ekanini qayd etdi.
Deputatlar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u ushbu lavozimga tasdiqlandi. 2022-yil oxirida Baxtiyor Saidov TIV v.b. etib tayinlangandi.
Bobur Usmanov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasida ishlagan.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.
Mo‘g‘uliston 2023 yilda O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Batmunx Batsetseg uchrashuvida ushbu masala muhokama qilindi.
Yanvar-fevral oylarida favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga 108 ming dollardan ziyod yordam ko‘rsatildi. Uning katta qismi Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yo‘naltirildi. Shuningdek, moddiy ahvoli og‘ir 462 nafar fuqaroga ham ko‘maklashildi.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklari vayron qilinganiga munosabat bildirdi. Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langan vazirlik bu vandalizm «noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati» ekanini bildirib, yodgorliklarni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Ushbu harakat oqibatida ko‘plab tashqi siyosat idorasi xodimlari qurbon bo‘lgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketdi.
«Mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi». Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi Rashad Husayn bilan uchrashdi. Elchining ta’kidlashicha, mamlakatda dindorlarning o‘z e’tiqodlarini ifoda etishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish radikal qarshi kurashga yordam beradi.
O‘zbekiston TIV Meksikada 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani aytilgan xabar yuzasidan bayonot berdi. Hozirga qadar barcha fuqarolar qo‘yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. «Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ispaniya Qirolligidagi hamkasbi bilan uchrashdi. Tomonlar iqtisodiy aloqalar, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston rasmiy Madridning Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
30 noyabr — 3 dekabr kunlari Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston TIV delegatsiyasi YeXHTning tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Polshaning Lodz shahriga tashrif buyuradi.
AQSh ma’muriyati O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak berishda davom etadi. Bu haqda mamlakat elchisi Jonatan Devid Xennik O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.
Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting