Shahidlar xotirasi xiyobonida 19 noyabr kuni 20 yoshli ayol o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Uni ikki nafar Milliy gvardiya xodimi suvdan olib chiqib, qutqargan. Hozirda ayol hushiga kelgan, ahvoli barqaror.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.
Toshkentda Assalom Havo turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan maydonda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangan. obyekt quruvchisi sifatida Yangi Zamon Bino kompaniyasi ko‘rsatilgan, uning hammuassislaridan biri — «O‘zbekiston temir yo‘llari»dir. Yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Poytaxtda yana Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan avariya sodir bo‘ldi. To‘rtinchi mashina esa — Labo. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Lada Vesta, Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Equinox avtomobili ag‘darildi, haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Yunusobod tumanida Lexus va Captiva to‘qnashdi. Oqibatda Captiva`da yong‘in sodir bo‘ldi. Jarohatlangan haydovchilar va yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizildi.
2 noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshishi kuzatildi. Shahar hokimligi ushbu toshqinlarga yagona sabab sifatida aholi tomonidan yul va ariqlarga tashlangan chiqindilarni ko‘rsatmoqda. Drenaj tizimining holati haqida esa ma’lumot berilmagan.
Toshkentda haqiqatan havoning iflosligi, nafas olib bo‘lmasligini sezdim, dedi Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda. Professorning fikricha, jamoat transportini ko‘paytirish, avtomobilda shahar ichiga kirmaslik zarur. Aks holda vaziyat bundan ham yomonlashadi.
Prezidentning u yoki bu hududga tashrifidan oldin, u haqiqiy holatni juda yaxshi bilishini ta’kidlab, buni qilmaslikka chaqirgan bo‘lsada, keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Ushbu amaliyot hanuz davom etmoqda. «Gazeta.uz» Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rganini kuzatdi.
O‘zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda Toshkent shahri yetakchi — 93% (397 ming tonna). Ekoqo‘mita transportlarning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida milliy standart loyihasini ishlab chiqmoqda.
Toshkentning 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi loyihasida poytaxtni boshqa hududga ko‘chirish ko‘zda tutilmagan. Biroq, «ToshkentboshplanLITI»ga ko‘ra, ma’muriy markaz qisman «Yangi Toshkent»ga ko‘chadi. Institut mutaxassislarining qayd etishicha, shoshilinch ko‘chish muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin.
Poytaxtda «O‘zbekiston: Markaziy Osiyo bo‘ylab zamonlar osha sayohat» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning beshta hududida suratga olingan kinokartina arxeolog va tarixchilar tadqiq etishi uchun katta ahamiyatga ega favqulodda g‘ayrioddiy yurtlar tarixi hikoya qilinadi.
Toshkent shahrida Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 17−21 oktabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Yakshanba kuni «Business Run» marafoni o‘tkazilishi sabab Islom Karimov, Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari soat 06:00 dan soat 11:00 gacha yopiladi.
Toshkentda so‘nggi ikki kun ichida to‘rt kishi spirtli ichimliklardan zaharlanishdan vafot etdi, bir kishi komada. Prokuratura xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
7-sentabr kuni Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq mevali daraxt yonib ketdi. Prokuratura jinoiy ish ochgan.
Toshkent shahriga 2022 yil oxirigacha 190 dona MAN rusumli avtobuslar olib kelinadi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritiladi va kam sig‘imli ISUZU larning o‘rnini egallaydi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror bilan poytaxtda 2023−2027 yillarda yillik 7 mln dona mavsumiy gullar va 75 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, 2024 yilga kelib, yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.
14 sentabr kuni «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Chilonzor, Alisher Navoiy ko‘chalari qisman, Paxtakor ko‘chasi esa to‘liq yopiladi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov hibsga olindi. Ehtiyot chorasi poytaxtda daraxtlarni noqonuniy kesish ishlari bilan bog‘liq emas. U mansab vakolatini suiiste’mol qilganliqda gumonlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting