Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.
16−17 dekabr kunlari Toshkentga 204 ta yangi avtobus olib kelinib, yo‘nalishga chiqarildi. Natijada avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25−30 daqiqadan 10−12 daqiqaga qisqargani aytilmoqda. Biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.
Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.
Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Mashinadagi qisqa tutashuv o‘t chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq buncha miqdordagi avtobuslarni 2025 yil oxirigacha sotib olish rejalashtirilgan edi.
Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetishmasligi sababli qozonxonalarda zaruriy haroratdagi issiqlikni ishlab chiqara olmayotgani, bu esa isitish sifatining yomonlashishiga olib kelayotganini ma’lum qildi.
Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.
Havo keskin pasayishi ortidan shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Kommunal xizmatlar gaz zaxirasini barcha iste’molchilarga teng taqsimlashga urinmoqda, biroq resurslar yetishmayapti. Shu bois gaz «zapravka»lar vaqtincha yopiladi, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.
Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metrining o‘rtacha narxi yil davomida 27 foizga o‘sib, o‘rtacha 1078 dollarga yetdi, deya xabar bermoqda PMTI tahlilchilari. Poytaxtning beshta tumanida ko‘chmas mulk narxi shahardagi o‘rtacha narxlardan ancha yuqori.
Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.
28 noyabr kuni Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentda shanba kuni «TTZ — Mashinasozlar» ekspress-yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlar uch kun avval boshlangan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Shanba kuni ertalab Toshkentda quyuq tuman kuzatilmoqda. Aeroportda ba’zi reyslarning uchish va qo‘nishi kechiktirildi. Ayni daqiqalarda shahar qanday ko‘rinishga ega — fotosuratda.
Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.
Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.
Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.
Shahidlar xotirasi xiyobonida 19 noyabr kuni 20 yoshli ayol o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Uni ikki nafar Milliy gvardiya xodimi suvdan olib chiqib, qutqargan. Hozirda ayol hushiga kelgan, ahvoli barqaror.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.
Toshkentda Assalom Havo turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan maydonda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangan. obyekt quruvchisi sifatida Yangi Zamon Bino kompaniyasi ko‘rsatilgan, uning hammuassislaridan biri — «O‘zbekiston temir yo‘llari»dir. Yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting