Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.
Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Poytaxtning 4 ta nuqtasida velosipedlarni ijaraga beradigan bike sharing tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, umumiy uzunligi 606 km bo‘lgan velosiped yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».
Toshkent IIBB LGBT faollari deb ataluvchi yoshlarga qarshi namoyishda qatnashgan 12 kishining qo‘lga olinganini xabar qildi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Deputat Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirish hamda ozodlikdan va fuqarolikdan mahrum etishgacha bo‘lgan choralarni o‘rnatishni taklif qildi.
Istanbul va Toshkent o‘rtasida obodonlashtirish sohasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Shaharlar gul va ko‘chatlarni ekishning yangi texnologiyalari, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Spark haydovchisi opera teatri yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida teatrning ikki xodimasini urib yubordi. Ulardan biri — Bahora Rahimova — vafot etdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi rahbari Malika Qudratxo‘jayeva «uchta tumanda karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan» dedi. U karantin talablarini buzganligi to‘g‘risida misollar keltirdi va Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasida ko‘rsatilmagan bemorlardan birining o‘limi haqida xabar berdi.
Toshkentda ommaviy madaniy tadbirlar va to‘ylarda karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agar vaziyat 1 apreldan yomonlashsa, ular vaqtincha taqiqlanishi ham mumkin.
16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group va Slovakiyaning Chirana kompaniyalari O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha poytaxt shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish ob’ektlarida va taksilarda karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting