Toshkentning Mirobod tumanida Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonib ketdi (u yerda Swissôtel Tashkent mehmonxonasini ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda). O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda, voqea joyiga Toshkent shahri FVB rahbariyati va xodimlari yetib keldi. Foto, video.
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Agrar universiteti hududidagi binolarda dushanba kuni yong‘in yuz bergandi. Hodisa sabablari ma’lum qilinmadi. Universitetda tahsil davom etyapti — talabalar yaqin-atrofdagi boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov hodisa joyida bo‘lib, yong‘in oqibatlarini suratga tushirdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Toshkent davlat agrar universiteti 30-sentabr kuni universitet hududida kelib chiqqan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlik buni rad etib, yong‘in asli qayerdan boshlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi.
Qibraydagi Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in 2 soatga yaqin muddatga to‘liq o‘chirildi. Uni o‘chirishga 15 dan ortiq ekipaj jalb qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari hodisa joyidan kadrlar oldi.
Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q.
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqib, 1,5 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba yondi. Uni o‘chiirishga 3 ta ekipaj, 30 nafar qutqaruvchi va xo‘jalikning 20 nafar xodimi jalb qilindi.
Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.
Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan.
Toshkent shahridagi sexlarning biriga tegishli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 09:48 da yetib borgan, 11:28 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi.
Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi.
Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin.
Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 kishi, jumladan, 3 nafar bolaning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting