Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.
Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.
Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Chorshanba kuni tunda Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlandi.
Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.
Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.
Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.
Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.
Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB haydovchilardan avtomobilning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” elektr simlarida yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida yonib ketdi. Hodisa sabab hech kim jarohatlanmadi.
Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Yangihayot tumanida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Hodisa oqibatida fuqarolar jarohat olgani va halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting