Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi.
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan.
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.
Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.
Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta ekipaj yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.
Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat.
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Yong‘inga salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.
Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.
Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.
IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.
Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.
Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.
Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.
Sergelida ochiq maydondagi qurilish chiqindilari yonib ketdi. Uni o‘chirish uchun 5 ta qutqaruv ekipaji chaqirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting