Avstriya kansleri va Buyuk Britaniya bosh vaziriga qarshi tergovlar, Germaniyada keyingi haftadan boshlab emlash pasportining joriy etilayotgani, Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qoralaymiz», — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan hamdarlik maktubida.
Buyuk Britaniyaning Shotlandiya mustaqilligining oldini olishga qaratilgan rejalari, Hindistonning Gang daryosidan o‘nlab jasadlar topilgani, Malayziyada bir oylik o‘zini yakkalash rejimining joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qozon shahridagi maktabda yuz bergan otishma paytida 32 kishiga zarar yetgan. Maktabga ikki nafar o‘smir qurolli hujum uyushtirdi. Ma’lum qilinishicha, o‘q uzilishi va derazadan sakrash oqibatida halok bo‘lganlar bor.
London shahrining amaldagi meri Sodiq Xon shahar rahbarligi uchun saylovlarda 55,2% ovoz yig‘ib, ikkinchi bor London meriga aylandi.
Isroil va falastinliklar o‘rtasida aprel oyidan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 300 dan ortiq kishi jabrlandi. Falastinda 20 kishining o‘limi qayd etilgan. Dushanba kuni kechasi G‘azo sektoridan Isroilga 200 ta raketa zarbalari berildi. BMT bosh kotibi mazkur mojaroni tegishli rezolyutsiyalar, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida hal etishga chaqirdi.
AQSH Afg‘onistondan olib chiqilayotgan qo‘shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida portlash ro‘y berdi. Oqibatda 63 kishi vafot etdi, 150 dan ortig‘i jarohatlandi. Afg‘oniston hukumati hujumda «Tolibon»ni ayblamoqda, ammo ular hujumga aloqador emasliklarini aytishmoqda.
Futbol bo‘yicha YeCHL va YeL musobaqasida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi, o‘zbekistonlik bokschi 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi, Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini koronavirusga qarshi emlash boshlandi va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Qozog‘istonda emlanmagan davlat organlari xodimlarining ishga kiritilmasligi, Saudiya Arabistonida qarzi uchun qamoqqa olinganlarning kreditlari to‘lanishi, Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Pfizer va BioNTech bilan Tokio Olimpiadasi ishtirokchilariga vaksinalarni yetkazib berish to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Fransiya va Gretsiyadagi norozilik namoyishlari, Rossiyada yangi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani, Yevropa Ittifoqining Isroilni Falastindagi qurilish ishlaridan voz kechishga chaqirig‘i va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
SpaceX beshinchi urinishda, ilk bor Starship raketa prototipini muvaffaqiyatli tarzda qo‘ndira oldi. Bundan avval Mars va Oyga uchishga mo‘ljallangan ushbu turdagi raketa prototipi to‘rt marotaba portlagan edi.
Yevropa Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘yin 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.
Buyuk Britaniyada nufuzli mukofotlar sohiblariga mamlakatga kirishning osonlashtirilishi, Rossiyaning grechka eksportini vaqtincha taqiqlashi, Yevropa Ittifoqidagi migratsiya choralari tufayli 2 mingdan ortiq odamning vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Turkiyada 7 maydan boshlab karantin choralarining kuchaytirilishi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlarda 19 nafar Tojikiston fuqarosining vafot etgani, Germaniyada millatchilik sabab bo‘lgan jinoyatlar darajasining oshib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Microsoft korporatsiyasi asoschisi, Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. «Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — deb yozdi tadbirkor.
Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.
Armaniston parlamentining Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga saylamagani, Saudiya Arabistonining 17 maydan boshlab chegaralarni ochayotgani, Venesuelada amaldorlarga nafaqalarning kriptovalyutada berilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati qo‘shinlarni chegaradan olib chiqishni yakunladi. Qurolli to‘qnashuv natijasida har ikki tomondan 50 kishi halok bo‘ldi, 250 dan ortiq kishi jabrlandi, uylar, do‘konlar va maktablar vayron bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting