Nikola kompaniyasi elektr yuk mashinalari startapidan yirik avtomobilsozlik sanoatiga o‘tib, Teslaning asosiy raqibiga aylanishi mumkin. Nikola yuk mashinalaring ishlab chiqarilishi 2024 yildan boshlanishi kutilmoqda.
COVID-19 pandemiyasi sababli ayollar va erkaklarning moliyaviy daromadlari o‘rtasidagi farq yanada kattalashadi. Dunyo miqyosida hozirgi inqiroz natijasida yana 47 mln ayol va qiz qashshoqlik chegarasidan pastga tushadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qishloq hokimlarini (akim) saylov o‘tkazish yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi.
Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zaid Al-Naxayyan 1972 yilgi Isroilga qarshi boykot haqidagi dekretni bekor qildi.
Marvel Studios kompaniyasining «Qora qoplon» filmi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Chadvik Bozman 43 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U to‘rt yildan beri saraton bilan kurashayotgan edi.
2018 va 2020 yillar e’lon qilingan Doing Business reytingi hisobotida yuzaga kelgan xatolar sababli Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha tashkilot reytingni vaqtinchalik e’lon qilmaydigan bo‘ldi
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada sog‘lig‘i yomonlashgani sababli iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Belarusga yordam berish uchun harbiy kuch zaxirasini shakllantirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarini hozircha Belarusda ishlatishga hojat yo‘q.
Yangi Zelandiyadagi ikki masjidga qurollangan holatda kirib, 50 dan ziyod odamni o‘ldirgan Brenton Tarrant umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Unga muddatidan oldin ozod etish tartibi qo‘llanilmaydi. Mamlakat bosh vaziri ushbu shaxs bu jazoga loyiqligini aytib o‘tdi.
TikTok bosh direktori Kevin Mayer to‘rt oylik faoliyatdan so‘ng, kompaniyani tark etdi. Mayerning ishdan ketishiga kompaniya va AQSH rasmiylari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat va sotish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.
Koronavirus infeksiyasiga qayta chalinish mumkin, lekin bu ommaviy tendensiya emas, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bunday holatlar Gonkong, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.
O‘zbekistonlik tadbirkor Bobir Akilxanov Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi (FTC) tarkibiga kirdi. Tadbirkor ushbu kengashga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, bu unga taniqli jurnalda texnologiya bo‘yicha maqolalar joylashtirish imkoniyatini beradi.
Gonkong universiteti olimlari koronavirus bilan qayta kasallanish holatini tasdiqlashdi. Koronavirusdan davolanib chiqqan yigitga bir necha oydan keyin yana COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.
O‘zbekiston JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksina qilish) dasturiga qo‘shildi. Hozirda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.
Yakshanba kuni yuz minglab ishtirokchilarni jamlagan “Yangi Belorussiya marshi” prezident saylovidan keyin tinch namoyishlar boshlanganidan beri eng katta tadbirlardan biriga aylandi. Namoyishchilar Mustaqillik saroyi va Davlat bayrog‘i maydoniga bordilar, Aleksandr Lukashenko ham u yerga uchib keldi — u vertolyotdan bronejilet va avtomat bilan tushdi.
Ikki yil oldin Apple kompaniyasining bozor qiymati 1 trln dollarga yetgan edi. Hozirda uning kapitalizatsiyasi 2 trln dollardan oshgan bo‘lib, u ushbu natijaga erishgan AQSHdagi birinchi, dunyo tarixidagi ikkinchi kompaniyaga aylandi.
Belarus bosh prokurori prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya tarafdorlari tomonidan Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu kabi kengashlarning faoliyati davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan, dedi u.
Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting