Italiyada COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning qarindoshlari koronavirus pandemiyasi paytida beparvoligi uchun hukumatni sudga berishdi. Ular tovon puli sifatida 100 mln yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda.
AQSH o‘zining Belarus hukumatiga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga Markaziy saylov komissiyasi, Belarus ichki ishlar vaziri Gennadiy Kazakevich, KGB maxsus kuchlari va Minsk shahar mobil operativ otryadini (OMON) ham kiritdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina va Peru mamlakatlarida ham koronavirus yuqtirganlar soni milliondan oshgan. Dunyo bo‘ylab hozirgacha 78,6 mln inson koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.
2020 yilgi davlat byudjeti bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababli Isroil parlamenti avtomat ravishda tarqatib yuborildi. Endilikda mamlakatda ikki yil ichida to‘rtinchi marta parlament saylovlari o‘tkaziladi.
Qirg‘izistonda qurilishi va jihozlanishi to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi.
Telegram’da faol foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashmoqda. Foydalanuvchilar soni bilan birga kompaniya harajatlari ham oshayotgani sabab, Pavel Durov 2021 yildan boshlab Telegram’ni tijoratlashtirishini ma’lum qildi.
Ekvadorda COVID-19 ning yangi turlari qayd etildi. Olimlarning aytishiga ko‘ra, ularning Buyuk Britaniyadagi koronavirusning yangi shtammi bilan aloqasi yo‘q.
Trampning Sindzo Abe, Narendra Modi va Skott Morrisonni «Faxriy legion» ordeni bilan taqdirlagani, Turkiya hukumatining mehmonxonalarda yangi yil bayramlarini o‘tkazishni taqiqlashi, BioNTech’ning 6 hafta ichida yangi COVID-19 mutatsiyasiga qarshi vaksina yaratishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.
AQSHda inqirozni yengillashtrish uchun ko‘plab fuqarolarga 600 dollardan beriladi, pandemiya sababli ishini yo‘qotganlar qo‘shimcha to‘lov oladi.
The Economist Malavi davlatini yil davlati deb e’lon qildi. Bu qarorni nashr «avtoritar hududda demokratiyaning tiklanishi» uchun deya izohladi.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy unga suiqasd uyushtirganlikda gumonlanayotgan FSB xodimlaridan biri bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq suhbatini internetga joyladi. Navalniyning aytishicha, FSB xodimi unga suiqasd uyushtirilganligini tan olgan.
O‘rta asrlardan buyon ilk bora Yupiter va Saturn maksimal darajada yaqinlashdi. Ushbu hodisa 1226 yildan beri birinchi marta tunda sodir bo‘lgani qayd etildi.
Britaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda tarqalayotgan koronavirusning yangi shtammi tufayli Isroil chet elliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatib qo‘ydi.
21 dekabrdan 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Yevropaning 6 ta hamda Avstraliya va JAR bilan aviareyslarni to‘xtatmoqda. Bunga ushbu davlatlarda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi sabab bo‘lgan.
Jo Bayden rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya jaryoni jonli efirda namoyish etildi.
«Senimi, shoshmay tur» va «Daydi to‘tining qaytishi» multfilmlari mualliflaridan biri, yozuvchi va dramaturg Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi.
Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshladi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy vaksinatsiya jarayonlari 2021 yilning fevralidan boshlanishi belgilandi.
Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi tufayli Saudiya Arabistoni barcha transport qatnovlarini yopib qo‘ydi. Yevropa va virus qayd etilgan mamlakatlardan kelganlarga 2 haftaga o‘z-o‘zini yakkalash majburiy etib belginlandi.
Qozog‘istonda 25 dekabrdan 5 yanvargacha koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar kuchaytirilmoqda. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanib, ulgurji bozorda COVID-19'ga qarshi dori vositalarini o‘rtacha 24% ga arzonlashtirish buyurildi
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting