Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasining ishlab chiqarilishi Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun mamlakatda zavod ochiladi.
AQSHning Moderna kompaniyasi COVID-19ga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Vaksina sinovlarida 30 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Vaksinaning 30 kun davomida uy sovutgichida barqaror tura olishi uning afzalligi sifatida qayd etilmoqda.
Lukashenko vakolatlaridan 70−80 foizining parlament va hukumatga o‘tayotgani, Buyuk Britaniyada benzinda yuradigan avtomobillarning taqiqlanishi, Misr parlament saylovlarida hukmron partiyaning yutishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Global Finance nashriga ko‘ra, yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharlar orasida Tokio birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda London, Singapur, Nyu-York va Melburn kabi shaharlar turibdi. Nashr ushbu shaharlarni 2020 yil sharoitidagi sakkizta asosiy mezon bo‘yicha tanlagan.
Forbes vafot etgan yulduzlar orasida eng ko‘p daromad topayotganlar reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilga nisbatan reytingga ikkita yangi ishtirokchi qo‘shildi. 2020 yilda 48 mln dollar daromad topgan marhum yulduz Maykl Jekson ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.
Peruning yangi prezidenti Manuel Merino iste’foga chiqdi. Bunga bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi.
Moldovaning sobiq bosh vaziri, «Harakat va birdamlik» muxolif partiyasi rahbari Mayya Sandu Moldova prezidenti saylovlarining ikkinchi bosqichidan so‘ng umumiy natijalarga ko‘ra yetakchilik qilmoqda. Saylovlar 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va unda saylovchilar qatnashuvi 52,76 foizni tashkil qildi.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi to‘rt astronavtni XKSga yetkazib beradi. Bu Crew Dragon ning ikkinchi parvozi va birinchi doimiy missiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yordam jo‘natdi. Jo‘natilgan yordam tarkibiga bir martalik qo‘lqoplar, niqoblar, himoya kombinezonlari, COVID-19 testlari, remdisevir va boshqalar kiritilgan.
O‘zbekiston «Nation Brands 2020» reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘tgan yilgidan 9 pog‘ona yuqoriroqdir. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDH davlatlar orasida esa Rossiyada (14-o‘rin).
Eng yirik erkin savdo shartnomasining tuzilishi, Qorabog‘ aholisi o‘z uylarini yoqib yuborishi, Peruda yangi prezidentga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Pensilvaniya apellyatsiya sudi pochta orqali yuborilgan ovozlarni hisoblash bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampning da’vosini qabul qildi. Unga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida o‘n minglab saylov byulletenlarida keltirilgan saylovchilar o‘zlarini tasdiqlamaganlari sababli byulletenlar rad etildi.
Italiya COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar soni 1 milliondan oshgan o‘ninchi mamlakat bo‘ldi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichga Meksika (986 ming) va Peru (925 ming) mamlakatlari yaqin turibdi.
Artur Konan Doyl asarining mashhur tergovchisi Sherlok Xolms yashagan uy hozirda Nursulton Nazarboyevning oilasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Londonning Beyker ko‘chasidan 215−237 uylar ham sobiq prezident oilasiga qarashli.
Belarusda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirilganidan 3 kun o‘tib avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, radiatsiya tarqalishi kuzatilmagan.
Moskvada koronavirus holatlari ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Universitetlar va kollej talabalari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Kafe, restoran va tungi klublarning ishlash vaqti chegaralanadi.
AQSHda so‘nggi 24 soat davomida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 10 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda asosiy infeksiya tarqalish o‘choqlari Texas, Kaliforniya va Florida shtatlari bo‘lib turibdi.
Braziliyaning Anvisa sog‘liqni saqlash nazorati agentligi Xitoyning Coronavac vaksinasi sinovlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinaning jiddiy yon ta’siri sabab bo‘ldi.
Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.
9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting