Xitoyga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yetakchisi Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi. XXR rahbari tinchlik muzokaralari erta boshlanishiga umid bildirib, tomonlarni vazminlikni saqlash, tinch aholiga hujumlardan qochishga chaqirdi.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni Nyu-York sudiga keldi va u yerda hibsga olindi. Unga hisob-kitoblarni soxtalashtirish bo‘yicha 34 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Tinglovdan keyin Tramp Floridaga qaytdi.
Indoneziyada 4 nafar o‘zbekistonlik “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotining tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning buyumlari dalil sifatida olingan.
Istanbuldagi Bosh konsulxona so‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklarning Turkiyadagi turli jinoyatlar ishtirokchisi bo‘lib qolgan holatlar ko‘payganini bildirib, fuqarolardan mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘radi.
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga kirishi haqidagi hujjatni imzoladi. Finlyandiya tashkilotga qo‘shilgan 31-mamlakat bo‘ldi.
Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.
Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi uchun marjinal narxlarni oshirish niyatida. Mamlakat energetika vaziri Bolat Akchulakov joriy narxlar saqlanib qolsa, “arzon qozoq dizel yoqilg‘isi chetga, jumladan, narxlar ikki baravar yuqori bo‘lgan O‘zbekistonga chiqib ketishini” ta’kidladi.
Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.
Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanayotgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Bu Stormi Denielsga jim yurishi uchun pul to‘lash bilan bog‘liq.
“Qozog‘iston — geosiyosiy tevarakda rivojlanishning yangi tendensiyasini belgilovchi bunday chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan yagona davlatdir“, — dedi Qasim-Jomart Tokayev. U hashamatli uy egalari uchun past tariflarni tanqid qildi, yirik va tovar korxonalari uchun soliqlarni oshirishni taklif qildi.
Braziliya va Xitoy yuanda savdo qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi va qo‘shma hisob-kitob palatasi tashkil etilganini e’lon qildi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘z valyutalarini AQSh dollariga almashtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilish imkonini beradi.
Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.
Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo‘lgan sud-huquq islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishni kechiktirdi. Loyiha tanqidchilari islohot mamlakatdagi nazorat va muvozanat tizimiga putur yetkazishini ta’kidlamoqda.
AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev g‘olib bo‘ldi. Ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy tayyorgarlik sinovlari, artilleriya olovini boshqarish, insho yozish kabi shartlardan o‘tgan.
Boks bo‘yicha Hindistonda o‘tgan JCHda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga yutqazib qo‘ygandi. Biroq yarim finalchi Xelif genetik holati sababli o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada bronza medali o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.
Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.
Tojikistonda 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzilalarda 3 kishi yengil jarohat oldi. Yerosti silkinishlari sababli kamida 60 bosh chorva nobud bo‘ldi.
Qozog‘iston apreldan Rossiyaga reeksport qilish uchun mamlakat orqali o‘tadigan tovarlarni kuzatishni boshlaydi, deb yozadi Financial Times. Bu chora-tadbirlar G‘arbning xorijiy kompaniya va shaxslarning Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi fonida ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting