Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga tushishini prognoz qilmoqda. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining esa 1,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtadi. Tramp bu qarorni tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani bilan asosladi. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi hozir JSST uchun resurslarni kamaytirish vaqti emasligini ta’kidladi.
Italiya, Ispaniya va Avstriya koronavirus tarqalishi sekinlashgani sababli karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatmoqda. JSST rahbari esa ushbu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish hamda cheklovlarni sog‘liqni saqlash tizimi infeksiyaning ikkinchi to‘lqiniga dosh berishga tayyor bo‘lgandagina yumshatishga chaqirdi.
Chernobil zonasidagi o‘rmon yong‘inlari AESning radiatsion chiqindilar omboriga yaqinlashdi. Yong‘inning qasddan o‘t qo‘yish sababli yuzaga kelgani taxmin qilinib, 2 gumondor qo‘lga olindi. Alanga tarqalishining oldini olish uchun aviatsiya ham jalb qilingan.
OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar hamda a’zo bo‘lmagan OPEK+ guruhi davlatlari tarixiy bitimga ko‘l qo‘ydi. 1 maydan 30 iyungacha neft qazib olish kuniga 9,7 mln barrelgacha kamaytiriladi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 5,8 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu safar Meksika ham bitimga qo‘shildi.
Saudiya Arabistoni, Rossiya va boshqa OPEK+ davlatlari 30 iyungacha neft qazib olishni kuniga 10 mln barrelga kamaytirishga kelishib oldi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 6 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Kelishuvga qo‘shilishdan faqat Meksika bosh tortdi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Endi Jonson kasalxonada shifokorlar kuzatuvida qoladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 10 apreldan boshlab Yamanda o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. «Gazeta.uz» bir qator rivojlangan va qo‘shni mamlakatlarning koronavirus pandemiyasiga qarshi qabul qilgan iqtisodiy rag‘batlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etadi.
Berni Sanders AQSH prezidentligiga demokratlar nomzodi bo‘lish uchun praymeriz saylovlaridan chiqdi. Barak Obama prezidentligi davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida Trampning raqibi bo‘lishi kutilmoqda.
Forbes 2020 yilning eng boy ayollari ro‘yxatini e’lon qildi. Uni Walmart merosxo‘ri Elis Uolton boshqarmoqda. Ro‘yxatdan 22 yoshli model, Amazon asoschisining sobiq rafiqasi va boshqalar ham o‘rin olgan.
YeTTB koronavirus pandemiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini yumshatishga 220 mln dollar ajratadi. Viloyatlardagi kommunal korxonalar aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun yana 100 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Forbes jurnali dunyo bo‘ylab 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi. Amazon asoschisi Jeff Bezos ketma-ket uchinchi yil uchun eng yuqori o‘rinni egalladi. Bezos bir yil ichida 18 mlrd dollar yo‘qotgan.
Xitoyda bir kun davomida koronavirus tufayli birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Barcha COVID-19 holatlari chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlandi.
Jahon banki O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini hamda byudjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd dollar miqdorida mablag‘larni operativ tarzda ajratish masalasi faol ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen koronavirus inqirozi sharoitida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni ittifoq byudjetiga «Marshal rejasi» kabi milliardlab yevro investitsiya jalb qilishga chaqirdi.
Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda. Hukumat koronavirus infeksiyasini to‘xtatish uchun 1 trln dollarlik rag‘batlantirish dasturini qabul qilishni rejalashtirmoqda.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ko‘plab ayollar koronavirus epidemiyasi tufayli uyda zo‘ravonlikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Ba’zi davlatlarda zo‘ravonlikka qarshi yordam xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan.
Xitoyda karantin tugaganidan keyin ajrashish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshgan. Ba’zi provinsiyalarda uydagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘paygani aytilmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 aprel kuni koronavirus infeksiyasining alomatlari yo‘qolmaganligi uchun kasalxonaga yotqizildi. Uning shifokori bu holatni «ehtiyot chorasi» deb atamoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting