O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshiradi. Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni qabul qildi. Hozirda O‘zbekistonda 45 nafar qirg‘izistonlik, Qirg‘izistonda 96 nafar o‘zbekistonlik mahkum o‘z jazosini o‘tamoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Guantanamo harbiy-dengiz bazasini mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan “alohida muhim xorijlik jinoyatchilar”ni saqlashga tayyorlashni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz 30 ming nafargacha migrantni qabul qila oladi.
Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyot to‘qnashuvi oqibatida hech kim omon qolmadi, deb tasdiqlagan AQSh prezidenti Donald Tramp hodisani “dahshatli miqyosdagi fojia” deb atadi. Samolyot bortida 64 kishi (60 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi) bor edi.
HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim doirasida garovdagi uch isroillikni va besh nafar tailandlik fuqaroni ozod qildi. Bunga javoban Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak.
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi. Ularning orasida ikki nafar ayol ham bo‘lgan.
American Airlines`ning Bombardier CRJ700 samolyoti 60 nafar yo‘lovchi bilan halokatga uchradi. U Vashingtonning Reygan nomidagi milliy aeroporti yaqinida AQSh armiyasi vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi.
Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa (al-Jo‘loniy) mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. Xavfsizlik xizmati va armiya tarqatib yuborildi. Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikki million davlat xizmatchisiga sakkiz oylik maoshi evaziga ishdan bo‘shashni taklif qildi. Shu tariqa Oq uy hukumat xodimlari sonini qisqartirishga va Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda.
AQShda turli sabablar bilan Trampning g‘azabini qo‘zg‘atgan rasmiylar va’da qilingan qasosdan qo‘rqmoqda. Ular jinoiy ta’qibga tayyorgarlik ko‘rib, chemodanlarini yig‘yapti, qurol sotib olyapti. Tramp natijalari o‘g‘irlangan deb hisoblaydigan 2020-yilgi saylov tashkilotchilari eng ko‘p xavotirda, deb yozdi WP.
975 nafar o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya xavfi ostida. Ular ICE’ning yakuniy qarorini olgan, ammo turli sabablar bilan hali hibsga olinmagan migrantlar ro‘yxatida. Ayrim davlatlar fuqarolarini qabul qilmayotgani va huquqiy to‘siqlar tufayli jarayon nafaqat kechikishi, balki to‘la amalga oshmasligi mumkin.
AQSh sudi Donald Tramp ma’muriyatining federal grantlar va kreditlarni muzlatish haqidagi buyrug‘ini to‘xtatdi. Oq uy o‘z qarorida moliyaviy yordam dasturlarining prezident siyosatiga muvofiqligini tekshirishni talab qilgandi.
Xitoyning DeepSeek startapi OpenAI`ning ChatGPT`sidan qolishmaydigan, ammo ishlab chiqarish narxi bir necha barobar arzonroq bo‘lgan sun’iy intellekt modelini yaratish orqali jahon fond bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi. DeepSeek haqida nimalar ma’lum va u qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi — “Gazeta.uz” sharhida.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev hukumatdan hozirgi dunyo voqeligi kontekstida “belni mahkam bog‘lab, imkoniyatga yarasha yashashni” talab qildi. Shuningdek, u Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni “yangi bosqichga” ko‘tarishi zarurligini ta’kidladi.
Janubiy Koreya prokuraturasi prezident Yun Sok Yolga 3-dekabr kuni harbiy holat joriy etgani sababli isyonga rahbarlik qilishda ayblov qo‘ydi. Shuningdek, u asosiy siyosiy arboblarni qamoqqa olishni rejalashtirganlikda ham ayblanmoqda.
Bogota deport qilingan kolumbiyaliklarni harbiy samolyotlarda qabul qilishdan bosh tortgach, AQSh va Kolumbiya savdo urushini boshlashiga bir baxya qoldi. Tramp javoban mamlakatga tariflar va sanksiyalar bilan tahdid qildi. Keyinroq Oq uy Kolumbiya migrantlarni “cheklovlarsiz” qabul qilishga rozi bo‘lganini aytdi.
Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yildan beri hokimiyat tepasida turgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida 86,82% ovoz to‘plagan. Bu uning yettinchi muddati bo‘ladi. YeI rasmiylari saylovlarni soxta deb atadi va ular “erkin va adolatli” bo‘lmaganini aytdi.
Sietl sudyasi Donald Trampning mamlakatda tug‘ilish orqali AQSh fuqaroligini olish huquqini cheklash haqidagi farmonini to‘xtatib qo‘ydi. U farmonni “konstitutsiyaga yaqqol zid” deb atadi. Prezident qarorga qarshi chiqishini aytdi.
Donald Tramp agar Rossiya urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortgan taqdirda, sanksiyalar bilan tahdid qildi, shuningdek, Putinni “aqlli” deb atadi. U Putin bilan “juda tez muddatda” gaplashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Janubiy Koreyada 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida tug‘ilganlar soni bir yil oldingiga nisbatan 3 foizga oshdi. Bu COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan nikohlar tiklangani bilan ham bog‘liq. Ammo mamlakat 0,72 tug‘ilish darajasi bilan dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etib turibdi.
Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting