Daniya, Grenlandiya va Kanada bosh vazirlari AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu hududlar ustidan nazorat o‘rnatish istagini bildirgan bayonotlariga izoh berdi. “Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli”, — deb javob berdi grenland hukumati rahbari.
BAA Isroil va AQSh bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha yopiq muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi Reuters. Abu Dabi Falastin ma’muriyatini isloh qilish, huquq va vakolatlarini kengaytirish tarafdori.
Donald Tramp Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi, buning uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilmasligini aytdi. U, shuningdek, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish uchun “iqtisodiy kuch” bilan tahdid qildi. AQShning saylangan prezidenti yana nimalar dedi — “Gazeta.uz” obzorida.
Seul okrug sudi mamlakatda harbiy holat joriy etilgani uchun impichment e’lon qilingan prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini uzaytirdi. Tergovchilarning Yunni ushlashga bo‘lgan avvalgi urinishlari qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Daniya qiroli Trampning orolni sotib olish haqidagi bayonotidan keyin mamlakat gerbini o‘zgartirib, unda Grenlandiya ramzini kattalashtirdi. Dizayn Farer orollari va Grenlandiya ustidan nazoratni saqlab qolish niyatini ko‘rsatadi. Avvalroq Daniya bosh vaziri Trampga “Grenlandiya sotilmaydi” deya javob bergandi.
Tibetning baland tog‘li tumanlaridan birida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kamida 53 kishi halok bo‘ldi, 62 kishi jarohat oldi. Zilzilalar Nepal, Butan va Hindistonda ham sezildi.
AQSh Kongressi vitse-prezident Kamala Harris raisligida Donald Tramp g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqladi. Ovozlarni sertifikatlash rasmiyatchilik sanalsa-da, jarayon 2021-yilda Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi bilan yodda qolgan.
“Ukrainada prezidentlik saylovi harbiy holat tugaganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi”, — dedi Vladimir Zelenskiy. “Yoki parlament qonunchilikni o‘zgartirishi kerak”, — degan prezident qonun urush sharoitida saylov o‘tkazishni taqiqlashiga ishora qildi va jamiyat bunga qarshi ekanini bildirdi.
2015-yildan beri Kanada bosh vaziri va Liberal partiya yetakchisi bo‘lib kelgan Jastin Tryudo iste’foga chiqqanini e’lon qildi, bu hukumatda tartibsizliklar kuchaygan pallada yuz berdi. Tryudo partiya yangi nomzodni tanlaguncha lavozimida qoladi. Iste’fodan so‘ng Tramp Kanadaga 51-shtat bo‘lishni yana taklif etdi.
Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi — kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotining halokatga uchrashiga “Rossiya Federatsiyasi vakillari” aybdor ekanini aytdi. U Rossiyadan aybdorlarni jazolashni hamda “insoniy xulq-atvor”ni talab qildi.
HAMAS o‘z qo‘shinlarini G‘azo hududidan olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga 34 nafar isroillikni ozod qilishga roziligini bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Qatarda tomonlar kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklagan.
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha sud hukmi 10-yanvar kuni — uning inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi. Sudya siyosatchiga nisbatan qamoq yoki jarima tayinlash niyati yo‘qligidan ogohlantirdi.
Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi nomidan Suriyaga borib, muzokaralar o‘tkazdi. Ular Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berish, huquqlar kafolatlari, Rossiyaning u yerdagi harbiy bazalarini yopish kabi masalalarni muhokama qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi porloq”, — dedi u.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.
Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.
Janubiy Koreyada harbiylar va qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani uchun prezidentlikdan chetlatilgan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muvaffaqiyatsiz kechdi. 31-dekabrda Koreya tarixida ilk bor sud amaldagi prezidentni hibsga olishga order bergandi. Yol bungacha chaqiruv qog‘ozlarini 3 marta e’tiborsiz qoldirgan.
AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Hujumda AQSh fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda. Uning mashinasidan ISHID bayrog‘i topilgan va hodisa “terrorchilik harakati” sifatida tekshirilmoqda.
Rossiyada bo‘lgan noqonuniy migrantlar o‘z maqomini tartibga solishi yoki 2025-yil 30-aprelgacha mamlakatdan chiqib ketishi shart, bu haqda Putin farmon imzoladi. Harbiy xizmatni o‘tash uchun Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting