Jahon

Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi
21 yanvar 2025, 18:42

Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi

Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
21 yanvar 2025, 16:41

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?
21 yanvar 2025, 03:07

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?

Prezidentlikka kirishgan Donald Tramp “Amerikaning oltin asri” boshlanganini ta’kidladi, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflyatsiyani yengishga, “so‘z erkinligi va qonunni qaytarishga”, “tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros” qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.

Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi
20 yanvar 2025, 22:33

Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi

Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishdi. Avval vitse-prezident Jey Di Vens, keyin Trampning o‘zi qasamyod qildi. Qasamyoddan oldin esa Oq uyni tark etayotgan Jo Baydenning oilasi bilan choyxo‘rlik tashkil etildi.

TikTok AQShda bloklangach, bir necha soatdan so‘ng yana ishlay boshladi
20 yanvar 2025, 14:56

TikTok AQShda bloklangach, bir necha soatdan so‘ng yana ishlay boshladi

Yuklatilgan talabni bajarmagach, TikTok AQShda bloklandi va App Store hamda Google Play`dan olib tashlandi. Biroq Trampning platformani saqlab qolish haqidagi bayonotidan so‘ng kompaniya ishini qayta tikladi. Foydalanuvchilarga esa “Trampning harakatlari tufayli TikTok AQShga qaytdi!” degan xabar yo‘llandi.

Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi
20 yanvar 2025, 11:35

Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi

Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS esa isroillik uch ayolni topshirdi. Kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS 97 nafar isroillikning 33 nafarini, Isroil mingdan ortiq falastinlik mahbusni ozod qilmoqchi.

Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni ma’qulladi
18 yanvar 2025, 11:58

Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni ma’qulladi

Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.

Qozog‘istonda benzin va dizel narxlarini tartibga solish bekor qilinishi mumkin
17 yanvar 2025, 21:07

Qozog‘istonda benzin va dizel narxlarini tartibga solish bekor qilinishi mumkin

Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi.

Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda
17 yanvar 2025, 20:03

Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda

Xitoyda rasmiylar oilalarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undashga urinayotganiga qaramay, aholi ketma-ket uchinchi yil kamaydi. Mutaxassislar ishchi va iste’molchilar soni qisqarib borayotgani sababli dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyoti qiyinchilikka duch kelishidan qo‘rqmoqda.

Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
17 yanvar 2025, 19:59

Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Eron va va Rossiya prezidentlari Moskvada keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. 47 moddadan iborat hujjat mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shartnoma harbiy ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlamasligi ta’kidlandi.

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev
17 yanvar 2025, 17:19

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev

“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy”ning huzuriga borgan.

Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuv imzolanganini tasdiqladi
17 yanvar 2025, 13:20

Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuv imzolanganini tasdiqladi

Isroil bosh vaziri ofisi Isroil va HAMASning muzokara guruhlari kelishuv imzolaganini rasman tasdiqladi. Endi uni Isroil hukumati tasdiqlashi kerak. Bitimning kuchga kirishi 19-yanvardan 20-yanvarga qoldiriladi.

Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi
16 yanvar 2025, 19:39

Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina bilan 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi. U siyosiy hamkorlik, erkin savdo, strategik sheriklik, Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha konsensusga erishish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi
16 yanvar 2025, 18:28

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun AQSh hukumati Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu Amerika sanksiyalari ostida qolgan Markaziy Osiyodagi birinchi bankdir.

“AQShda demokratiyaga tahdid soluvchi oligarxiya shakllanmoqda”. Bayden millatga xayrlashuv murojaati bilan chiqdi
16 yanvar 2025, 14:50

“AQShda demokratiyaga tahdid soluvchi oligarxiya shakllanmoqda”. Bayden millatga xayrlashuv murojaati bilan chiqdi

AQSh prezidenti Jo Bayden xayrlashuv nutqida mamlakatda Amerika demokratiyasiga tahdid solayotgan oligarxiya shakllanayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, “hech bir prezident” lavozimda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikdan soqit bo‘lmasligi uchun AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirishga chaqirdi.

Isroil va HAMAS sulhi 3 bosqichda amalga oshiriladi
16 yanvar 2025, 00:38

Isroil va HAMAS sulhi 3 bosqichda amalga oshiriladi

Isroil va HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish va falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan kelishuvi uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. 19-yanvardan harbiy harakatlar to‘xtatiladi.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Reuters
15 yanvar 2025, 22:14

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Reuters

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochishi mumkin. Tomonlar mahbuslarni tez orada ozod qilishi kutilmoqda.

Qozog‘istonda korrupsionerlar reyestri joriy etiladi
15 yanvar 2025, 21:46

Qozog‘istonda korrupsionerlar reyestri joriy etiladi

Qozog‘istonda korrupsionerlarga oid oshkora reyestr paydo bo‘ladi. Unga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Braziliya maktablarida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlandi
15 yanvar 2025, 17:31

Braziliya maktablarida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlandi

Braziliya hukumati mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarda smartfonlardan foydalanishni chekladi. Ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, prezident tomonidan imzolangan qonun “bolalar va o‘smirlarning ruhiy, jismoniy hamda psixologik salomatligini himoya qilishga qaratilgan”.

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
15 yanvar 2025, 09:30

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting