AQSh prezidenti Jo Bayden “qishga kirib borayotgan” Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ushbu yordam havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari va “boshqa o‘ta muhim qurol-yarog‘lar”ni o‘z ichiga oladi.
Albert Eynshteynning 1939-yil 2-avgustda AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga yozgan xati 2024-yili $4 mlnga sotildi. “Gazeta.uz” XX asrdagi eng muhim xatlardan biri hisoblangan ushbu maktub tarixini amerikalik biograf Uolter Ayzeksonning Eynshteyn hayoti va olamiga bag‘ishlangan asari asosida hikoya qiladi.
AQShning 39-prezidenti, mamlakatni 1977-yildan 1981-yilgacha boshqargan Jimmi Karter 100 yoshda vafot etdi. U tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Siyosatchi 2015-yildan beri onkologik kasallikdan aziyat chekardi. Jo Bayden 9-yanvarni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti “Rossiya tomonidan urib tushirilgan” deb “aniq aytish mumkin”. U Rossiya tomonini “masalani bostirishga” urinishda aybladi. Rossiya aybini tan olishi va Ozarbayjon hamda jabrlanganlarga tovon to‘lashi kerak, dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Muandagi aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchiga hamdardlik bildirdi. Bortdagi 181 kishidan faqat ikki nafari omon qoldi.
Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qismidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Faqat 2 kishi omon qoldi.
Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan “Fojiali hodisa (samolyotning qulashi) Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani munosabati bilan” uzr so‘radi. Kreml bu vaqtda Rossiyaning havo hujumidan mudofaa vositalari ish olib borganini tan oldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2003-yildan beri taqiqda bo‘lgan “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
AQSh “Gruzin orzusi” asoschisi Bidzina Ivanishviliga qarshi “Rossiya bilan aloqalari va demokratik institutlarga putur yetkazgani” tufayli sanksiyalar kiritdi. Avvalroq Ivanishvilining Boltiqbo‘yi davlatlariga kirishi cheklangandi. Shuningdek, Ukraina hukumati ham unga qarshi sanksiya kiritgan.
Halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti “fizik va texnik aralashuv"ga uchragan, ta’kidladi aviakompaniya. U qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. OAVga ko‘ra, halokatga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan. Rosaviatsiya shu kuni Ukraina dronlari hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
Germaniya prezidenti Shtaynmayer mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va muddatidan oldingi parlament saylovlari 2025-yil 23-fevralda bo‘lishini ma’lum qildi. Avvalroq bundestag deputatlari kansler Olaf Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilgandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berdi. “Bu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqqa hamda Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi”, — dedi Japarov.
Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh 92 yoshida vafot etdi. U mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar me’mori va “iqtisodiy liberallashtirish qahramoni” hisoblanadi. Singh 2004-yildan 2014-yilgacha bosh vazir sifatida ishlagan.
Ozarbayjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lganini tasdiqladi, deb yozmoqda Euronews. Bu vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina dronlarini urib tushirmoqchi bo‘lgan. Raketa esa samolyot yonida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.
Turkiya Markaziy banki deyarli ikki yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 50% dan 47,50% gacha pasaytirdi. Regulyator mart oyidan buyon asosiy stavkani 50 foiz darajasida saqlab kelayotgandi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan.
Eron WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar do‘koniga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqda. Yozda mamlakatning yangi prezidenti Pezeshkiyon internet-senzurani yumshatishga va’da bergandi. Eronda ko‘plab ilovalar bir necha yillardan beri taqiqda qolmoqda.
Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting