Jahon

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
7 aprel 2023, 20:51

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Xitoyga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yetakchisi Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi. XXR rahbari tinchlik muzokaralari erta boshlanishiga umid bildirib, tomonlarni vazminlikni saqlash, tinch aholiga hujumlardan qochishga chaqirdi.

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda
5 aprel 2023, 13:31

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni Nyu-York sudiga keldi va u yerda hibsga olindi. Unga hisob-kitoblarni soxtalashtirish bo‘yicha 34 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Tinglovdan keyin Tramp Floridaga qaytdi.

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
5 aprel 2023, 13:03

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Indoneziyada 4 nafar o‘zbekistonlik “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotining tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning buyumlari dalil sifatida olingan.

Istanbuldagi konsullik Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
4 aprel 2023, 18:13

Istanbuldagi konsullik Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Istanbuldagi Bosh konsulxona so‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklarning Turkiyadagi turli jinoyatlar ishtirokchisi bo‘lib qolgan holatlar ko‘payganini bildirib, fuqarolardan mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘radi.

Finlyandiya NATOga qo‘shildi
4 aprel 2023, 18:03

Finlyandiya NATOga qo‘shildi

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga kirishi haqidagi hujjatni imzoladi. Finlyandiya tashkilotga qo‘shilgan 31-mamlakat bo‘ldi.

Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning milliy elektromobilidan yuboradi
4 aprel 2023, 11:44

Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning milliy elektromobilidan yuboradi

Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.

Qozog‘iston qo‘shni davlatlar sababli benzin va dizel narxini oshirishni rejalashtirmoqda
3 aprel 2023, 21:37

Qozog‘iston qo‘shni davlatlar sababli benzin va dizel narxini oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi uchun marjinal narxlarni oshirish niyatida. Mamlakat energetika vaziri Bolat Akchulakov joriy narxlar saqlanib qolsa, “arzon qozoq dizel yoqilg‘isi chetga, jumladan, narxlar ikki baravar yuqori bo‘lgan O‘zbekistonga chiqib ketishini” ta’kidladi.

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi
31 mart 2023, 20:02

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Aleksandr Lukashenko Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi
31 mart 2023, 15:56

Aleksandr Lukashenko Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.

Donald Trampga qarshi jinoiy ayblov e’lon qilindi
31 mart 2023, 11:36

Donald Trampga qarshi jinoiy ayblov e’lon qilindi

Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanayotgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Bu Stormi Denielsga jim yurishi uchun pul to‘lash bilan bog‘liq.

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi
30 mart 2023, 20:55

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi

“Qozog‘iston — geosiyosiy tevarakda rivojlanishning yangi tendensiyasini belgilovchi bunday chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan yagona davlatdir“, — dedi Qasim-Jomart Tokayev. U hashamatli uy egalari uchun past tariflarni tanqid qildi, yirik va tovar korxonalari uchun soliqlarni oshirishni taklif qildi.

Xitoy va Braziliya yuanda savdo qilishga kelishib oldi
30 mart 2023, 13:18

Xitoy va Braziliya yuanda savdo qilishga kelishib oldi

Braziliya va Xitoy yuanda savdo qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi va qo‘shma hisob-kitob palatasi tashkil etilganini e’lon qildi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘z valyutalarini AQSh dollariga almashtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilish imkonini beradi.

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning SHHT muloqotida sheriklik maqomini tasdiqladi
30 mart 2023, 10:00

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning SHHT muloqotida sheriklik maqomini tasdiqladi

Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta turar joy konteyneri o‘rnatadi
29 mart 2023, 10:46

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta turar joy konteyneri o‘rnatadi

Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.

Isroil bosh vaziri norozilik namoyishlari tufayli sud islohotini keyinga qoldirdi
28 mart 2023, 20:39

Isroil bosh vaziri norozilik namoyishlari tufayli sud islohotini keyinga qoldirdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo‘lgan sud-huquq islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishni kechiktirdi. Loyiha tanqidchilari islohot mamlakatdagi nazorat va muvozanat tizimiga putur yetkazishini ta’kidlamoqda.

O‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
27 mart 2023, 14:14

O‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev g‘olib bo‘ldi. Ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy tayyorgarlik sinovlari, artilleriya olovini boshqarish, insho yozish kabi shartlardan o‘tgan.

Navbahor Hamidova raqibining diskvalifikatsiya qilinishi hisobiga JCHda bronza medalini oldi
27 mart 2023, 11:54

Navbahor Hamidova raqibining diskvalifikatsiya qilinishi hisobiga JCHda bronza medalini oldi

Boks bo‘yicha Hindistonda o‘tgan JCHda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga yutqazib qo‘ygandi. Biroq yarim finalchi Xelif genetik holati sababli o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada bronza medali o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi
25 mart 2023, 16:25

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi

Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.

Tojikistondagi zilzilalar oqibatida epitsentrdagi qishloqlarning 3 nafar aholisi jarohatlandi
24 mart 2023, 14:10

Tojikistondagi zilzilalar oqibatida epitsentrdagi qishloqlarning 3 nafar aholisi jarohatlandi

Tojikistonda 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzilalarda 3 kishi yengil jarohat oldi. Yerosti silkinishlari sababli kamida 60 bosh chorva nobud bo‘ldi.

FT: Qozog‘iston Rossiyaga reeksport qilinuvchi tovarlar ustidan nazoratni kuchaytiradi
24 mart 2023, 13:38

FT: Qozog‘iston Rossiyaga reeksport qilinuvchi tovarlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qozog‘iston apreldan Rossiyaga reeksport qilish uchun mamlakat orqali o‘tadigan tovarlarni kuzatishni boshlaydi, deb yozadi Financial Times. Bu chora-tadbirlar G‘arbning xorijiy kompaniya va shaxslarning Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi fonida ko‘rilayotgani ta’kidlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting