Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
24 yanvar 2023, 23:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda ikki haftada 104 kishi, jumladan, bolalar va ayollarning sovuq tufayli olamdan o‘tgani, Antarktidada London kattaligidagi aysbergning ajralib chiqqani, Mo‘g‘ilistonda qahraton sababli 68,5 ming bosh chorva mollarining nobud bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida

JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
24 yanvar 2023, 15:50

JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola o‘limiga sabab bo‘lgan siroplarga qarshi kurashishga chaqirdi. O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropidan kamida 20 nafar bola vafot etgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 yanvar 2023, 23:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddatining ma’lum qilingani, Xitoyda bir haftada qariyb 13 ming kishining koronavirusdan vafot etgani, Nursulton Nazarboyevning yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqqani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi
23 yanvar 2023, 22:26

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari qayta ochildi, ammo nomsiz holda. Peshlavhalarda rus tilida yozilgan «Biz ochiqmiz» so‘zlaridagi «M» harfi esa sariq rangga bo‘yalgan bo‘lib, avvalgi logotipni eslatadi. Taomlar assortimenti va ta’mlari o‘zgarmagan.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi
23 yanvar 2023, 19:05

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi

Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va “bog‘ ichidagi shahar” tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi
23 yanvar 2023, 18:10

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi

Milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqishga ariza topshirdi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u «nafaqaga chiqqan va faol mehnat faoliyatini yakunlashga qaror qilgan».

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr ta’minoti shartnomasiga amal qilishni so‘radi
23 yanvar 2023, 12:37

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr ta’minoti shartnomasiga amal qilishni so‘radi

Afg‘oniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy O‘zbekistonni shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda elektr yetkazib berishga chaqirdi. «Ta’minot uzib qo‘yilgan, xalq muammolarga duch kelmoqda», — deydi u. O‘tgan haftada elektr yetkazish texnik nosozlik tufayli uzilgani ma’lum qilingandi.

Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
20 yanvar 2023, 18:02

Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Fransiyada payshanba kuni qariyb 1,12 mln kishi pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishga chiqdi. Rasmiylar sentabr oyidan boshlab har yili pensiya yoshini uch oyga ko‘tarish niyatida, 2030 yilga borib, u 64 yosh darajasigacha yetadi.

Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi
20 yanvar 2023, 12:21

Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaotadagi shifoxonaga yotqizilib, yuragi operatsiya qilindi. Uning matbuot kotibi jarayon muvaffaqiyatli yakunlanganini bildirdi.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
19 yanvar 2023, 13:48

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

“Kursida yalpayib o‘tirib, nimanidir kutish kerak emas”. 27 yoshida Avstraliya senatoriga aylangan afg‘on qizi hikoyasi
19 yanvar 2023, 00:01

“Kursida yalpayib o‘tirib, nimanidir kutish kerak emas”. 27 yoshida Avstraliya senatoriga aylangan afg‘on qizi hikoyasi

27 yoshida senatorga aylangan afg‘onistonlik Fotima Paymon siyosat maydoniga shunchaki omadi yurishganidan kirib kelmagan. Tarixi qiziq va og‘riqli. To‘rt yoshida “Tolibon” zulmidan oilaviy qochib, Pokiston, so‘ng Avstraliyadan boshpana topgan qiz bugun qit’adagi eng yosh va hijobli yagona siyosatchidir.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 yanvar 2023, 23:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Vetnam prezidentining iste’fosi, Finlyandiyaning YeIda birinchi bo‘lib uran qazib olishni boshlashi, Microsoft 10 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatmoqchiligi, dunyodagi eng keksa ayolning vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2022 yilda dunyo bo‘ylab 86 jurnalist o‘z vazifasini bajargani uchun o‘ldirilgan
18 yanvar 2023, 21:58

2022 yilda dunyo bo‘ylab 86 jurnalist o‘z vazifasini bajargani uchun o‘ldirilgan

2022 yilda dunyoda 86 nafar jurnalist o‘z kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk so‘nggi 10 yil ichida 1300 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Ukrainada aviafalokat oqibatida IIV rahbariyati halok bo‘ldi
18 yanvar 2023, 14:22

Ukrainada aviafalokat oqibatida IIV rahbariyati halok bo‘ldi

Kiyev viloyatida yuz bergan vertolyot qulashi oqibatida Ukraina ichki ishlar vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va davlat kotibi halok bo‘ldi. Hozirgacha 17 kishining, jumladan, ikki nafar bolaning vafot etgani ma’lum — vertolyot bolalar bog‘chasining oldiga qulagan.

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
17 yanvar 2023, 16:32

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Moldovada O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U terrorizmda ayblanmoqda. Ilgari qotillik qilishga urinib, qamoq jazosini o‘tagan erkak O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi
16 yanvar 2023, 21:53

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan naqd dollar olib chiqishni vaqtincha chekladi. Taqiq «moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, milliy manfaatlarni himoya qilish» maqsadida joriy etildi.

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari xavfidan ogohlantirdi
12 yanvar 2023, 15:40

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari xavfidan ogohlantirdi

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siroplarining sifat standartlariga mos kelmasligi haqida ogohlantirish e’lon qildi. Bu O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kompaniya — Marion Biotech tashkilotga hali sifat kafolati bo‘yicha hujjat taqdim etmagan.

NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli AQShda minglab reyslar kechiktirildi
11 yanvar 2023, 22:29

NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli AQShda minglab reyslar kechiktirildi

AQShda uchuvchilarga ma’lumot tarqatuvchi NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli barcha ichki reyslarga taqiq joriy etildi. 6000 dan ortiq reyslar kechiktirildi, 1000 ga yaqin reyslar bekor qilindi. Hozirda taqiq olib tashlangan.

Marion Biotech kompaniyasi litsenziyasi to‘xtatildi. Uning dorisi O‘zbekistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan
10 yanvar 2023, 16:40

Marion Biotech kompaniyasi litsenziyasi to‘xtatildi. Uning dorisi O‘zbekistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan

Hindistonda O‘zbekistonda bolalarning ommaviy o‘limiga aloqador yo‘tal siropini ishlab chiqargan kompaniya — Marion Biotech litsenziyasi to‘xtatildi. Hozirgacha «Dok-1 Maks» siropidan O‘zbekistonda 20 dan ortiq bola vafot etgan.

Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga qo‘yilgan koronavirus cheklovlarini bekor qildi
10 yanvar 2023, 12:55

Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga qo‘yilgan koronavirus cheklovlarini bekor qildi

Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining ma’lum qilishicha, koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. «Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting