Jahon

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi
31 oktabr 2022, 22:54

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi

31 oktabr kuni Rossiya Ukrainaning 10 viloyatidagi infratuzilma, asosan energetika obyektlariga raketa hujumlari uyushtirdi. Natijada 7 ta viloyatdagi yuzlab aholi punktlari elektrsiz qoldi. RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi qisman safarbarlik tugaganini e’lon qildi
31 oktabr 2022, 22:04

Rossiya Mudofaa vazirligi qisman safarbarlik tugaganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi zaxiradagi fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish yakunlangani, chaqiruv qog‘ozlarini yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qurolli Kuchlar ko‘ngillilar va «kontraktchilar» hisobga to‘ldiriladi, deyiladi bayonotda.

Lula da Silva uchinchi marta Braziliya prezidenti bo‘ldi
31 oktabr 2022, 14:35

Lula da Silva uchinchi marta Braziliya prezidenti bo‘ldi

77 yoshli Lula da Silva saylovda Jair Bolsonaroni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va uchinchi bor Braziliya prezidenti etib saylandi. U 2017 yilda korrupsiyada ayblanib qamalgandi, biroq oradan 1,5 yil o‘tib Oliy sud uni ozodlikka chiqargan.

Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘ldi
31 oktabr 2022, 11:11

Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Hindistonning Morbi shahridagi ko‘prik olti oylik ta’mirdan so‘ng ochilganidan bir necha kun o‘tib qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 132 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin insonlar kasalxonaga yotqizildi. Voqea sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat qo‘mitasi tuzildi.

Rossiya Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha bitimdagi ishtirokini to‘xtatdi
30 oktabr 2022, 18:49

Rossiya Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha bitimdagi ishtirokini to‘xtatdi

Rossiya Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatgani, ukrainalik harbiylar britaniyalik mutaxassislar ishtirokida «don yo‘lagi»ni qo‘riqlayotgan Rossiya kemalariga hujum qilganini ma’lum qildi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu iddaoni yolg‘on deb atadi.

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi
27 oktabr 2022, 11:10

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi

Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.

UNICEF barcha davlatlarni bolalarga global isish sharoitida yashashni o‘rgatishga chaqirdi
26 oktabr 2022, 17:55

UNICEF barcha davlatlarni bolalarga global isish sharoitida yashashni o‘rgatishga chaqirdi

UNICEF haddan tashqari issiq harorat bolalar yashash sharoitiga, xavfsizligiga, ovqatlanishiga va suvdan foydalanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashkilotning ma’lum qilishicha, hozirda taxminan 559 mln bola o‘ta issiq iqlim sharoitida yashaydi.

Qirg‘izistonda Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafar faol qamaldi
25 oktabr 2022, 18:53

Qirg‘izistonda Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafar faol qamaldi

Bishkek sudi Kampir-Obod suv ombori hududining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafarga yaqin siyosatchi va faolni qariyb ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qirg‘iziston Ombudsmani ommaviy hibslar yuzasidan xavotir bildirdi.

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
25 oktabr 2022, 18:18

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning 57-bosh vaziri bo‘ldi. Uni qirol Charlz III qabul qilib, yangi hukumat tuzishni so‘radi.

XKS kosmik chiqindilar sabab orbitasini o‘zgartirdi
25 oktabr 2022, 13:06

XKS kosmik chiqindilar sabab orbitasini o‘zgartirdi

Xalqaro kosmik stansiya fazo chiqindilari bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida manyovrni amalga oshirdi. NASAning xabar berishicha, bu «Kosmos-1408» sovet sun’iy yo‘ldoshi bo‘lagidan uzoqlashish uchun qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi radiokimyoviy himoya kuchlarini shay holatga keltirdi
24 oktabr 2022, 20:33

Rossiya Mudofaa vazirligi radiokimyoviy himoya kuchlarini shay holatga keltirdi

Rossiya radiokimyoviy himoya qo‘shinlari rahbarining ta’kidlashicha, bu kuchlar radioaktiv ifloslanish sharoitida vazifalarni bajarishga tayyor, chunki Ukraina bunda Rossiyani ayblash uchun go‘yoki “iflos bomba” dan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
24 oktabr 2022, 19:03

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Buyuk Britaniya Vakillar palatasi rahbari Penni Mordaunt mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzodini qaytarib oldi. Natijada qolgan yagona nomzod Rishi Sunak o‘z-o‘zidan bosh vazirga aylanadi.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini 30 davlatdan 28 tasi ma’qullab ulgurdi
21 oktabr 2022, 19:21

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini 30 davlatdan 28 tasi ma’qullab ulgurdi

NATOning qariyb barcha a’zolari Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishini ratifikatsiya qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi. Yaqin kelajakda qolgan ikki davlat — Turkiya va Vengriyaning bu borada qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
21 oktabr 2022, 18:48

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.

Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i va bug‘doy yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi
21 oktabr 2022, 17:43

Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i va bug‘doy yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi
20 oktabr 2022, 18:13

Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi

Saylanganiga 45 kun bo‘lgan Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass Konservatorlar partiyasi deputatlari noroziligi sabab iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.

Wildlife Photographer of the Year 2022 fototanlovi g‘oliblari aniqlandi
18 oktabr 2022, 19:00

Wildlife Photographer of the Year 2022 fototanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xalqaro fototanlovda hakamlar dunyoning turli mamlakatlaridan yuborilgan 38 mingdan ortiq fotosuratlarni ko‘rib chiqdi va fotograflarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirladi. Tanlovda kurashayotgan asalarilar surati muallifi yil fotografi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
18 oktabr 2022, 17:47

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Parvozlar 15 dekabrdan boshlanadi.

Yeyskda Su-24 samolyotining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
18 oktabr 2022, 15:42

Yeyskda Su-24 samolyotining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

17 oktabr kuni Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qiruvchi samolyoti quladi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qulab tushdi
17 oktabr 2022, 21:46

Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qulab tushdi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi yaqiniga Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi. Yong‘in binoning beshinchi qavatgacha qismini qamrab oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting