Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.
AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.
AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaksinasining tromboz shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kam uchrovchi aks ta’sirini tan oldi.
Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Xitoydagi yirik shaharlarning salkam yarmi yer cho‘kishi tufayli suv toshqini xavfi ostida qolishi mumkin. Bu nafaqat yerosti suvlari sathining pasayishi, balki hududlardagi binolarning og‘irligi bilan ham bog‘liq.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azodagi urush tufayli bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga nisbatan ayblov e’lon qilishi mumkin. Sud, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.
Yevropa parlamenti havo sifatining JSST tavsiyalariga yaqinroq bo‘lgan yangi standartlarini qabul qildi. Rasmiylar bu chora Yevropada bevaqt o‘limlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
AQShning yetakchi universitetlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari davom etmoqda, talabalar kampusda chodirlar lagerlari qurmoqda. Bir qator universitetlar ma’muriyatlari politsiyaga murojaat qildi, o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olindi.
Germaniya prokuraturasi Markaziy Osiyoning yetti fuqarosini terrorchilik guruhi tuzish va ISHIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Ular o‘tgan yozdan beri hibsda saqlanmoqda.
800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi.
AQSh Senati Vakillar palatasidan so‘ng Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 mlrd dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyiha yuzasidan kelishib olishga salkam olti oy vaqt ketdi. Prezident Bayden hujjatni darhol imzolashga va’da berdi.
AQSh Xitoyning bir qator banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqmoqda. Vashington bu Xitoyni Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga majbur qilishiga umid qilmoqda, deb yozadi Wall Street Journal.
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin.
Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Hindistonda 44 kun davom etadigan parlament saylovlari boshlandi, unda salkam 1 mlrd saylovchi ishtirok etadi. So‘rovlar bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukmron Bharatiya Janata partiyasi g‘alaba qozonishini bashorat qilmoqda, shunday bo‘lsa, Modi ketma-ket uchinchi muddatga qayta saylanishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting