Rossiyaning Pskov davlat universitetida o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalar «notinch vaziyat» sabab o‘qishlarini O‘zbekistondagi OTMlarga istisno tariqasida ko‘chirishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llashdi. «Pskov shahriga ham urush o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda», deya ta’kidlagan ular.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya imperatoridan «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordenini qabul qilib oldi. Yaponiyaning eng qadimiy ordeni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shilgan ko‘p yillik xizmatlar uchun berildi.
Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida iqlim ofatlaridan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish va global isishni Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja oralig‘ida ushlab turish zarurati masalalari ochiq qoldi.
Qozog‘istondagi prezident saylovlarida qatnashayotgan xalqaro kuzatuvchilar, jumladan Falastin, Italiya, O‘zbekiston, AQSh, Kanada vakillari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Falastin elchisi qaysi uchastkaga borishni o‘zi hal qilganini aytsa, AQSh vakili norozilik namoyishlari bo‘lmaganini ta’kidladi.
Yakshanba tongida Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi boshlandi. Ilk saylov uchastkasi Tokioda ochildi, ovoz berish jarayonlari oxirgi bo‘lib San-Fransiskoda tugaydi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt Ostona va Akmola viloyatidagi saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu safar qozoq xalqida barcha nomzodga qarshi ovoz berish imkoniyati ham mavjud. Qozog‘iston davlat maslahatchisi Erlan Karin jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni «mazkur siyosiy o‘zgarishlarning hammuallifi» deb atadi.
Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.
Gaagada MN17 reysi Donbass osmonida halokatga uchragani (8 yil avval 298 kishi halok bo‘lgandi) ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenko sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud samolyot RF QKning «Buk» raketa tizimidan urib tushirilganini aniqladi.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozorini tark etishi va mahalliy korxonalarning ularning o‘rnini bosishga tayyor emasligi ortidan Moskvada ofis binolarining 8,6 foizi bo‘sh qolmoqda. Aksariyat korxonalar o‘z biznesini O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA va Turkiyaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarni RF armiyasida xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan rossiyaliklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 15 noyabr kuni dunyo aholisi 8 milliardga yetdi. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050 yilda esa 9,7 mlrdga yetishi mumkin. Shuningdek, 2023 yilda Hindiston aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanishi kutilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasi Rossiya bosqinidan Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 94 davlat qo‘llab-quvvatladi, 13 davlat qarshi ovoz berodi, 73 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi.
Turkiyaning Istanbul shahridagi mashhur Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralangan.
Ukraina Qurolli Kuchlarining bir qismi Xersonga kirib bormoqda, mamlakat Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining asosiy guruhi chekinganidan keyin shaharda qolgan rus harbiylarini taslim bo‘lishga chaqirdi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus qo‘shinlarini mudofaa uchun Dneprning chap qirg‘og‘iga olib chiqish haqida buyruq berdi. Bu Rossiya Xerson shahrini tark etishini anglatadi.
8 noyabr kuni Olmaota shahrining Tole Bi — Abilay Xan ko‘chalari kesishmasida 2 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobus bir-biriga urilib ketdi. Oqibatda 20 ga yaqin kishi jabrlandi, 1 nafari vafot etdi. Avtobuslardan biri xususiy tashuvchiga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilib Lahordan Islomobod tomon yo‘lga chiqqan norozilik avtokarvoniga boshchilik qilib ketayotganida oyog‘idan o‘q yedi.
Erdo‘g‘on va Putinning davomli muzokaralaridan so‘ng, shuningdek, Ukraina tomonidan xavfsizlik kafolatlari olingach, Rossiya don kelishuvidagi ishtirokini qayta tikladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy don koridoriga ishonchli va uzoq muddatli himoya zarurligini ta’kidladi
Saudiya Arabistoni tomoni AQShga podshohlikdagi marralarga Eron hujumlar tayyorlayotgani haqidagi razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Wall Street Journal. AQSh bundan xavotirda ekani va «zarurat tug‘ilganida o‘ylanib o‘tirmay javob qaytarishi»ni ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting