Jahon

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi
16 oktabr 2022, 15:21

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Rahmon Putindan Markaziy Osiyoga SSSR vaqtida bo‘lganigidek muomala qilmaslikni so‘radi
15 oktabr 2022, 10:50

Rahmon Putindan Markaziy Osiyoga SSSR vaqtida bo‘lganigidek muomala qilmaslikni so‘radi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MDH sammitida RF rahbari Vladimir Putinga uning mamlakati Rossiya manfaatlariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani hamda o‘zaro hurmatni xohlashini aytdi. U RFdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga sobiq Ittifoq vaqtida bo‘lganidek munosabat qilmasligini so‘radi.

XX asrning «Temir xonimi» Margaret Tetcherning hayot yo‘li suratlarda
13 oktabr 2022, 23:00

XX asrning «Temir xonimi» Margaret Tetcherning hayot yo‘li suratlarda

1925 yil 13 oktabr. Bundan 97 yil avval Buyuk Britanining ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcher dunyoga kelgandi. O‘zining shaxsiy sifatlari va qat’iyatliligi orqali hukumatni 12 yil davomida boshqargan Tetcher tarixga «Temir xonim» nomi bilan kirgan. Uning hayotiga oid qiziq faktlar «Gazeta.uz» materialida.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida soddalashtirilgan viza rejimi joriy etildi
13 oktabr 2022, 14:57

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida soddalashtirilgan viza rejimi joriy etildi

13 oktabrdan O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ishbilarmon va ilmiy doiralar, shuningdek, sayyohlik guruhlari uchun soddalashtirilgan viza tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston harbiylari «Kembriya patruli» musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi
13 oktabr 2022, 11:50

O‘zbekiston harbiylari «Kembriya patruli» musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.

Xalqaro qidiruvdagi ikki kishi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
13 oktabr 2022, 11:07

Xalqaro qidiruvdagi ikki kishi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol xodimlari og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xalqaro qidiruvdagi ikki kishini Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Ulardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat qilgan, boshqasi esa moliyaviy piramida bilan fuqarolarni aldagan.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlarga topshirildi
10 oktabr 2022, 17:07

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlarga topshirildi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini Amerikaning uch nafar tadqiqotchisi Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dыbvigga topshirdi. Boshqa nominatsiyalardan farqli ravishda mukofotni Alfred Nobel xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki ta’sis etgan.

Ukrainaning yirik shaharlariga ommaviy ravishda raketalar hujumi uyushtirildi
10 oktabr 2022, 16:08

Ukrainaning yirik shaharlariga ommaviy ravishda raketalar hujumi uyushtirildi

10 oktabr tonggida Ukrainaning yirik shaharlari, jumladan, Kiyevda yirik portlashlar yuz berdi. Rasmiylarning xabar berishicha — poytaxtda 8 kishi halok bo‘ldi, boshqa shaharlarda ma’lumotlar aniqlanmoqda. Shuningdek, energetika infratuzilmasi obyektlariga ham zarba berilgani haqida xabarlar bor.

Qrim ko‘prigining bir qismi yuk mashinasi portlashi natijasida vayron bo‘ldi
8 oktabr 2022, 12:45

Qrim ko‘prigining bir qismi yuk mashinasi portlashi natijasida vayron bo‘ldi

Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portladi. Oqibatda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
7 oktabr 2022, 15:07

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Tinchlik bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiyga, shuningdek, Rossiyaning «Memorial» va Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» (Sentr grajdanskix svobod) kabi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlariga berildi.

O‘zbekiston 19 davlat qatorida BMT IHKda Sinszyan avtonom hududi bo‘yicha bahsga qarshi chiqdi
7 oktabr 2022, 13:00

O‘zbekiston 19 davlat qatorida BMT IHKda Sinszyan avtonom hududi bo‘yicha bahsga qarshi chiqdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.

Tailandda erkak kishi bolalar markazida 38 kishini o‘ldirdi
6 oktabr 2022, 18:47

Tailandda erkak kishi bolalar markazida 38 kishini o‘ldirdi

Tailand shimoli-sharqida bolalar markaziga to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida kamida 38 kishi, jumladan, 22 bola halok bo‘ldi. Erkak jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgan, ma’lum qilinishicha, u xotini va bolasini ham o‘ldirib, so‘ngra o‘zini otgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqaradi
6 oktabr 2022, 18:34

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqaradi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransiyalik ayolga topshirildi
6 oktabr 2022, 17:44

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransiyalik ayolga topshirildi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Ernoga topshirdi.

Somon yo‘lining aniq massasi hisoblab chiqildi
6 oktabr 2022, 12:42

Somon yo‘lining aniq massasi hisoblab chiqildi

Olimlar guruhi hisoblab chiqqan Somon yo‘li galaktikasi massasining yangi qiymati avvalgi ma’lumotlarning deyarli yarmiga teng bo‘lib chiqdi. Ular galaktikaning massasi Quyosh massasidan atigi 550 mlrd marta katta degan xulosaga keldi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti daniyalik va amerikalik olimlarga berildi
5 oktabr 2022, 17:35

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti daniyalik va amerikalik olimlarga berildi

Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Karolin Bertotssi va Barri Sharpless, shuningdek, daniyalik olim Deyn Morten Meldalga klik kimyosi va bioortogonal kimyo usullarini ishlab chiqqanligi uchun topshirildi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borgan olimlarga berildi
4 oktabr 2022, 17:52

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borgan olimlarga berildi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini olimlar Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga murakkab fotonlar bilan o‘tkazgan tajribalari uchun topshirdi.

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi
4 oktabr 2022, 15:32

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi

KXDR Yaponiya ustidan raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ta’kidlashicha, taxminan 20 daqiqalik parvoz davomida raketa Tinch okeaniga qulashga qadar 4500 km dan ortiq masofani bosib o‘tgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi bu Shimoliy Koreya raketasi uchun rekord masofa ekanligini alohida qayd etdi.

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi
4 oktabr 2022, 13:58

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

Shvetsiyalik genetik Svante Paabo neandertal genomini ochganligi uchun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi
2 oktabr 2022, 16:34

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi «Kanjuraxan» stadionida yuz bergan tiqilinch oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. O‘zbekiston prezidenti fojia munosabati bilan Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting