Afg‘on fermerlarining ko‘knori sotishdan olgan daromadi 2021-yildagi $425 mlndan 2022-yilda $1,4 mlrdgacha ko‘paydi. BMTTD ma’lumotiga ko‘ra, muvaqqat hukumatning apreldagi taqiqiga tushmagan ko‘knori hosilidan 350−380 tonnagacha geroin olish mumkin.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yanvar voqealari ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinishi haqidagi qonunni imzoladi. Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sudlar tomonidan tayinlangan jazo to‘rtdan uch qismga, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa ikki baravar kamaytiriladi.
Collins English Dictionary tuzuvchilari «uzoq davom etadigan beqarorlik» ma’nosini anglatuvchi «permakrizis» atamasini yil so‘zi sifatida tanladi.
Rishi Sunakning Buyuk Britaniya hukumati rahbariga aylanishi o‘ta qiziq va hafsalani o‘ldiradigan hodisa bo‘ldi. Qiziqligi — uning boshqa millat vakili ekani, keyingisi — ashaddiy konvervatorligidir. «Gazeta.uz» hind yigiti bosh vazirlikkacha bo‘lgan yo‘lni qanday bosib o‘tgani haqida material tayyorladi.
30 oktabr kuni Morbi shahrida osma ko‘prikning qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Hindiston politsiyasi holat yuzasidan 9 kishini, jumladan, olomonni nazorat qila olmagani uchun boshqaruv xodimlari, chipta sotuvchilari va uch qo‘riqchini hibsga oldi.
31 oktabr kuni Rossiya Ukrainaning 10 viloyatidagi infratuzilma, asosan energetika obyektlariga raketa hujumlari uyushtirdi. Natijada 7 ta viloyatdagi yuzlab aholi punktlari elektrsiz qoldi. RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi zaxiradagi fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish yakunlangani, chaqiruv qog‘ozlarini yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qurolli Kuchlar ko‘ngillilar va «kontraktchilar» hisobga to‘ldiriladi, deyiladi bayonotda.
77 yoshli Lula da Silva saylovda Jair Bolsonaroni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va uchinchi bor Braziliya prezidenti etib saylandi. U 2017 yilda korrupsiyada ayblanib qamalgandi, biroq oradan 1,5 yil o‘tib Oliy sud uni ozodlikka chiqargan.
Hindistonning Morbi shahridagi ko‘prik olti oylik ta’mirdan so‘ng ochilganidan bir necha kun o‘tib qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 132 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin insonlar kasalxonaga yotqizildi. Voqea sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat qo‘mitasi tuzildi.
Rossiya Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatgani, ukrainalik harbiylar britaniyalik mutaxassislar ishtirokida «don yo‘lagi»ni qo‘riqlayotgan Rossiya kemalariga hujum qilganini ma’lum qildi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu iddaoni yolg‘on deb atadi.
Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.
UNICEF haddan tashqari issiq harorat bolalar yashash sharoitiga, xavfsizligiga, ovqatlanishiga va suvdan foydalanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashkilotning ma’lum qilishicha, hozirda taxminan 559 mln bola o‘ta issiq iqlim sharoitida yashaydi.
Bishkek sudi Kampir-Obod suv ombori hududining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafarga yaqin siyosatchi va faolni qariyb ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qirg‘iziston Ombudsmani ommaviy hibslar yuzasidan xavotir bildirdi.
Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning 57-bosh vaziri bo‘ldi. Uni qirol Charlz III qabul qilib, yangi hukumat tuzishni so‘radi.
Xalqaro kosmik stansiya fazo chiqindilari bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida manyovrni amalga oshirdi. NASAning xabar berishicha, bu «Kosmos-1408» sovet sun’iy yo‘ldoshi bo‘lagidan uzoqlashish uchun qilingan.
Rossiya radiokimyoviy himoya qo‘shinlari rahbarining ta’kidlashicha, bu kuchlar radioaktiv ifloslanish sharoitida vazifalarni bajarishga tayyor, chunki Ukraina bunda Rossiyani ayblash uchun go‘yoki “iflos bomba” dan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Buyuk Britaniya Vakillar palatasi rahbari Penni Mordaunt mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzodini qaytarib oldi. Natijada qolgan yagona nomzod Rishi Sunak o‘z-o‘zidan bosh vazirga aylanadi.
NATOning qariyb barcha a’zolari Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishini ratifikatsiya qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi. Yaqin kelajakda qolgan ikki davlat — Turkiya va Vengriyaning bu borada qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting