Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlari soni 84 nafarga yetdi. Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi. Tojikiston qirg‘iz tomonini «qurolli tajovuzda» aybladi, Qirg‘iziston esa «mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz» deb e’lon qildi. RF prezidenti davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qirg‘iziston va Tojikiston yana bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish talabini buzganlik, hududlarni o‘qqa tutish hamda provokatsiyalarda aybladi, biroq kun oxiriga kelib otishmani to‘xtatishga kelishib oldi. Qirg‘iziston tomoni 24 kishi halok bo‘lgani va 129 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Japarov murojaat bilan chiqdi.
Qozog‘iston poytaxti nomi yana Ostonaga o‘zgartirildi, mamlakat prezidenti esa qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar Qasim-Jomart Tokayev tomonidan imzolandi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro davom etdi. Qirg‘iziston 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi, 87 kishi jabrlangan. O‘zbekistonliklar qirg‘izlarga non tarqatayotgani aytilmoqda. Tojikiston esa qirg‘iz tomoni jangovar vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum qilayotganini bildirgan.
Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashib, chegara bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgani, bunda og‘ir harbiy qurollardan foydalanilgani aytildi. Tomonlar hodisada bir-birini aybladi. Keyinroq 2 davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilindi.
15 sentabrga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti korteji va yengil avtomobil o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Vladimir Zelenskiy jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda.
Armanistondagi vaziyat tufayli mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashmasligi ma’lum qilindi. Avvalroq u «Armanistonning hududiy yaxlitligini tiklash va Ozarbayjon qurolli kuchlarining olib chiqib ketilishini ta’minlash» uchun KXSHTga yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Turkiya hukumati Turkmanistonning iltimosiga ko‘ra, turkmanistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Avvallari mazkur davlat fuqarolari Turkiyada turizm maqsadida 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin edi.
Xalqaro siyosiy voqealarga ta’sir o‘tkazish maqsadida Rossiya butun dunyo bo‘ylab siyosiy kuchlarni moliyalashtirish uchun kamida $300 mln ajratgan, deya xabar beradi Amerika OAV nashrlari. Maqolalarda Osiyo davlatlarining biridagi prezidentlikka nomzodga millionlab dollar berilganligi tilga olinadi.
RF markaziy banki va Moliya vazirligi hukumat majlisida xorijiy banklarga mamlakat hududida filiallarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi. Biroq tashabbus bilan faqat do‘stona mamlakatlarning kredit tashkilotlari Rossiyada o‘z filiallarini ochishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuv bartaraf etilganini olqishladi. Shuningdek, tomonlarni mavjud muammolarni tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar doirasida hal etishga chaqirdi.
YUNESKO bosh direktori Odri Azule dunyoda 770 milliondan ortiq voyaga yetganlar o‘qish va yozishni bilmasligi haqida ma’lum qildi. Ularning 60 foizi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, pandemiya natijasida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin.
Qozog‘iston parlamenti deputatlari poytaxt nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishni taklif qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev shaharni avvalgi nomiga qaytarishni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritiladi.
13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida harbiy to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar o‘q otishni boshlaganlikda bir-birini aybladi. Ikki davlat harbiy xizmatchilari orasida qurbonlar mavjud.
Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum boshlanganidan beri Rossiya bosib olgan 70 km gacha ichkaridagi pozitsiyalarga siljishga muvaffaq bo‘ldi va rus qo‘shinlari aprel oyidan beri egallagan 3000 kv kmdan ko‘proq maydonni qaytarib oldi, deyiladi ISW hisobotida. Urush 2023 yilgacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
Qirg‘izistonlik jurnalist Alisher Soipov 2007 yili O‘shda otib ketilgandi. 2010 yilda qotillikda ayblangan shaxs ham oradan 2 yil o‘tib ozodlikka chiqarilgan. 15 yildirki jurnalistning qotili topilmayapti. Marhumning ukasi «Gazeta.uz»ga ish 2019 yilda qayta ochilib, 2022 yilda yana yopilganini ma’lum qildi.
10 sentabr kuni Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Londondagi Avliyo Jeyms saroyida Charlz III ni mamlakatning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.
Shimoliy Koreya yadro quroli to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, «dushman kuchlar» tomonidan hujum tahdidi yuzaga kelganda, ulardan preventiv foydalanishga ruxsat berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yadroviy maqomi endi «qaytarib bo‘lmaydigan» ekanligini aytdi.
Dastlab Yelizaveta II`ning qirolicha bo‘lish imkoniyati kam edi. Ammo u Britaniya qirolichasiga aylandi va mamlakat monarxlari orasida eng uzoq muddat hukmronlik qilgan insonga aylandi. Yelizaveta II`ning bolaligi, taxtga o‘tirishi va hukmronlik davrini esga olamiz (foto).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting