Belarus sudi muxolifatchi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘iga 18 yil qamoq jazosi belgilagani, Fransiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanganlar soni 130 nafardan oshgani, Moskvada oxirgi 32 yillikdagi eng kuchli qor yog‘gani, Janubiy Sudanda 89 kishining noma’lum kasallikdan vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» harakati vazirlar va boshqa rasmiy shaxslarga Tashqi ishlar vazirligi ruxsatisiz xorijiy diplomatlar bilan uchrashishni taqiqladi.
Buyuk Britaniyada koronavirusning omikron shtammiga chalinish oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etilgani, Ilon Maskning Time jurnali versiyasiga ko‘ra «yil odami» deb topilgani, Shvetsiya qirg‘oqlarida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketgani, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya urushni tugatish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani, AQShda COVID-19 tufayli o‘lim holatlari 800 mingga yaqinlashgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical biofarmatsevtika kompaniyasi ular yaratgan vaksina koronavirusning omikron shtamidan himoya qila olishini bildirdi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar kompaniyaning rekombinant vaksinasi har qanday darajadagi koronavirus infeksiyasidan himoya qilish samaradorligini 81,43% ko‘rsatgan.
12 dekabr kuni Moskva viloyati hududida UzAuto Motors avtomobillarni mijozga yetkazayotgan avtotreylerda yong‘in chiqdi. Alanga avtotreyler kabinasidan avtomobillar yuklangan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Janubiy Koreya KXDR, XXR va AQSh bilan birgalikda urush tugaganini e’lon qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bir xalq, ikki davlat 1950−1953 yillardagi urush tugaganiga qaramasdan, haligacha urush holatidalar.
2021 yilda dunyo bo‘ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi — 293 nafar OAV xodimi qamoqqa olingan. Yana 24 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
AQShda inflyatsiya darajasining oxirgi 40 yillikdagi maksimumga yetgani, Pentagonning Afg‘onistonda «Al-Qoida» jangarilari ko‘payganini ma’lum qilgani, Meksikadagi avtohalokatda 50 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, Xalqaro valyuta jamg‘armasi yangi COVID-19 shtammidan keladigan zararni 5,3 trln dollarga baholagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2018 yildan buyon moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida ishlab kelayotgan Sotsial-demokratik partiya a’zosi Olaf Shols Germaniya federal kansleri etib saylandi. Uning nomzodini Bundestagning 395 deputati qo‘llab-quvvatladi.
Rossiyada Afrika davlatlari va Gongkongdan kelgan fuqarolarning 14 kunlik karantinga olinishi, Janubiy Koreyada koronavirusning omikron shtamiga chalinganlar soni 36 nafarga yetgani, Belarusda pirotexnika vositalari sotilishiga ruxsat berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSh hukumati inson huquqlari buzilayotgani sababli 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga diplomatik boykot e’lon qildi. Xitoy bunga javoban Amerika vakillarining Olimpiadada bo‘lmasligi «hech kimni xavotirga solmasligini» ta’kidladi.
Rossiyada 2 kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlangani, Hindistonda harbiylar adashib 14 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Ukraina Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasining 13 samolyotini Qrimga uchayotgani uchun sirtdan qo‘lga olgani, Shanxayda pichoq bilan qurollangan shaxsning 9 kishini jarohatlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, mehnat migratsiyasi nafaqat mamlakatdagi kriminogen omillarni beqarorlashtirmoqda, balki koronavirusning yangi shtammlarining kirib kelishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.
«Pfizer» farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, TikTok bosh direktori Vanessa Pappas va boshqalar 2021 yildagi eng nufuzli odamlarning Top-50 taligidan o‘rin egalladi.
COVID-19 omikron shtammining 38 ta davlatda aniqlangani, AQShning avtoritar rejimlar kuzatuv va repressiya uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar eksportini cheklayotgani, «Tolibon»ning ayollar huquqlari bo‘yicha maxsus farmon chiqargani, Sadir Japarovning deputatlar oyligini pasaytirib, xizmat mashinalaridan mahrum qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Janubiy Koreyaga Nigeriyadan tashrif buyurgan er-xotin va ularni kutib olgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning «Omisron» shtammi aniqlandi. Koreyaliklar 270 ga yaqin kishi bilan muloqotda bo‘lgani, O‘zbekistonlik fuqaro esa tashxis qo‘yilishidan bir kun avval 400 kishi yig‘ilgan diniy muassasaga borgani aytilmoqda.
Jahon banki boshqaruvi Afg‘oniston rekonstruksiya trast jamg‘armasi donorlari mablag‘ o‘tkazishni tasdiqlaganidan so‘ng Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan 280 mln dollar ajratadi. Donorlar uchrashuvi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alisher Usmonov xoldingi «MF Texnologii» (VK, sobiq Mail.ru Group) kompaniyasidagi 57 foizlik ulushini «Gazprom» bilan bog‘liq SOGAZ kompaniyalar guruhiga sotdi.
The Economist jurnali reytingida Toshkent Damashq va Tripoli bilan dunyoning eng arzon shaharlari uchligidan joy oldi. Reytingni tuzishda 200 ta tovar va xizmatlar narxi Nyu-York bilan solishtirilgan.
Bishkekda muxolifatchi partiya yetakchisiga hujum uyushtirilgani, AQShda maktabda sodir bo‘lgan otishmada uch o‘quvchi halok bo‘lgani, Moskva COVID-19'ga qarshi kurashda innovatsiyalar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egallagani, Nur-Sultonda olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikka sotgan shaxs qo‘lga olingani, Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev tasvirlangan yangi banknotalar muomalaga chiqarilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting