Jahon

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi
15 dekabr 2023, 17:29

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

Yevropa yetakchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Ittifoqqa Ukraina qo‘shilishiga avval qarshi chiqqan Vengriya bu qarorga to‘sqinlik qilmadi.

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi
15 dekabr 2023, 14:37

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi

Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.

O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi
13 dekabr 2023, 15:40

O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Braziliya va BAA qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSh yana qarshi chiqdi.

Kiyevda 50 dan ortiq odam raketa hujumi oqibatida jarohat oldi
13 dekabr 2023, 14:50

Kiyevda 50 dan ortiq odam raketa hujumi oqibatida jarohat oldi

13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga raketa hujumini uyushtirdi. Hodisa oqibatida 53 kishi jarohat oldi, qator obyektlarga zarar yetdi.

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi
11 dekabr 2023, 14:38

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi

2023-yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 94 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘ldi, ularning aksariyati G‘azo urushi qurboni sanaladi. 400 ga yaqin jurnalist turli mamlakatlar qamoqxonalarida qolmoqda.

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi
9 dekabr 2023, 11:45

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
8 dekabr 2023, 10:20

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.

Rossiyada 17-mart kuni prezident saylovi bo‘ladi
7 dekabr 2023, 15:21

Rossiyada 17-mart kuni prezident saylovi bo‘ladi

Rossiya parlamentining yuqori palatasi mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasini 2024-yil 17-martga belgiladi. Vladimir Putin saylovda ishtirok etish qarorini hali e’lon qilgani yo‘q.

Rossiyaning Bryansk shahridagi gimnaziyada otishma yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi
7 dekabr 2023, 15:03

Rossiyaning Bryansk shahridagi gimnaziyada otishma yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Bryansk (Rossiya) shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz gimnaziyadagi sinfdoshlariga qarata o‘t ochdi. Besh kishi yaralandi, ikki qiz halok bo‘ldi, jumladan, hujum qilgan qiz o‘z joniga qasd qildi.

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?
7 dekabr 2023, 11:01

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?

Amerikalik xonanda Teylor Svift Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi. Jurnal xonandaning besh qit’ada 151 ta shouni o‘z ichiga olgan va qo‘shiqchini milliarderga aylantirgan Eras Tour dasturiga ishora qilib, “Hozir sayyorada hech kim buncha ko‘p odamning hislarini uyg‘ota olmaydi”, deya qayd etdi.

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi
6 dekabr 2023, 11:22

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi

Bir qator yirik xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki tabiiy ofat yuz bergan taqdirda mamlakatlarga qarz to‘lashni kechiktirish imkoni berilishini va’da qildi.

Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi
1 dekabr 2023, 11:10

Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi

Olti kun davom etgan sulhdan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. Jangovar harakatlarni qayta boshlashga HAMAS birinchi bo‘lib raketa hujumi uyushtirgani, bu esa sulhga zid ekani sabab sifatida ko‘rsatildi.

Dubayda COP28 sammiti boshlandi
1 dekabr 2023, 11:08

Dubayda COP28 sammiti boshlandi

Dubayda (BAA) BMT xalqaro iqlim sammiti — COP28 ochildi. 2023-yilda unda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiyaning asosiy maqsadi insoniyatning Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yo‘lidagi progressini tahlil qilishdan iborat.

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
30 noyabr 2023, 12:07

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
30 noyabr 2023, 11:02

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston sudi mamlakat fuqarosini “Vagner” XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi — u yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi
30 noyabr 2023, 09:42

Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

Tojikistonda mamlakat Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritdi.

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
29 noyabr 2023, 15:44

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Suriyadagi Golan tepaliklarini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yana qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi.

Yangi Zelandiya 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga chekishni taqiqlash bo‘yicha qonundan voz kechdi
28 noyabr 2023, 09:50

Yangi Zelandiya 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga chekishni taqiqlash bo‘yicha qonundan voz kechdi

Yangi Zelandiyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun bekor qilindi. Hukumat buni soliqlarni kamaytirish maqsadida qilingani bilan izohladi.

HAMAS garovga olingan isroilliklarning birinchi guruhini ozod qildi
25 noyabr 2023, 05:37

HAMAS garovga olingan isroilliklarning birinchi guruhini ozod qildi

HAMAS, Isroil bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, garovga olingan 13 nafar isroillikni Qizil xoch tashkilotiga topshirdi. Guruh, shuningdek, 12 nafar Tailand fuqarosini ham asirlikdan ozod qildi.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting