Shimoliy Koreyaning Yapon dengizi tomonga noma’lum raketa uchirgani, Germaniyada 2021 yilda o‘lim darajasi bo‘yicha mamlakat rekordi o‘rnatilgani, AQShning Ukrainaga yana 200 mln dollar harbiy yordam ajratishi, Yevroparlament rahbari David Sassolining vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
KXSHTning Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlandi, kontingentni olib chiqish 2 kundan keyin boshlanadi va bu jarayon 10 kundan oshmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev. Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilarga murojaat qilish vaqtida hukumat Olmaota, keyinchalik esa mamlakat ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi mumkin edi. Prezident Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilik tahdidining oldini o‘z vaqtida bartaraf eta olmaganini ta’kidladi.
Asqar Mamin iste’foga chiqqanidan keyin Qozog‘iston hukumati rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Alixon Smailov mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi.
AQShda yong‘in oqibatida 19 kishining halok bo‘lgani, Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalaridan xavotirda ekani, Qozog‘istonda Jambil viloyati politsiya boshlig‘i hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigining vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qozog‘iston butun mustaqillik tarixidagi eng og‘ir inqirozni boshidan kechirdi, bu davlat to‘ntarishiga urinish edi, dedi KXSHT sammitida prezident Qosim-Jomart Toqayev. Uning fikricha, asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan edi, shaharning qulashi janubni, keyin esa butun Qozog‘istonni egallashga yo‘l ochardi.
Qozog‘istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. U hozirda Bishkekga olib ketilmoqda.
Qirg‘iziston TIV qozoq telekanallarida qirg‘iz musiqachisi Vikram Ruzaxunov pogromlar qatnashchisi sifatida ko‘rsatilgani uchun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uning terrorchi emasligini ma’lum qildi. Prezident Sadir Japarov ham vaziyatga izoh berdi.
Turkmaniston prezidenti 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri yonib turgan «Do‘zax darvozasi» gaz kraterini so‘ndirishni buyurdi.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda ekanligi va prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan aloqada bo‘lib turgani aytilmoqda. Uning matbuot kotibi Aydos Ukibayning yozishicha, elboshi barchani Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqirgan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilishda ayblanib, hibsga olindi. U 6 yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi.
Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababli mamlakatdagi biznes 91 mln dollar zarar ko‘rdi. Zararning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish va moliya sektoridagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev xalqqa murojaatida mamlakat mahalliy va xorijlik qurolli banditlarga qarshi kurashishga majbur bo‘lganini aytdi. Birgina Olmaota shahriga 20 ming bandit hujum qilgan, deya ma’lum qildi u. Huquq-tartibot xodimlariga ogohlantirishsiz o‘ldirish uchun o‘t ochish buyurilgan. Shu bilan birga, tinch muhit hukmron bo‘lgan hududlarda favqulodda holat asta-sekin bekor qilinadi, ayrim hududlarda internet yoqiladi.
Qozog‘istondagi namoyishlar va tartibsizliklar fonida bitkoin narxi 43 ming dollardan tushib ketdi. Qozog‘iston bitkoin mayningi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, mamlakat 18% kriptovalyuta mayningini ta’minlaydi. Hozirda mamlakatdagi maynerlar ishida cheklovlar kuzatilmoqda.
KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi Qozog‘iston prezidenti murojaatidan so‘ng, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida «Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni vaqtinchalik missiya bilan yuborishga» qaror qildi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.
Latviyaning koronavirus sababli favqulodda holat rejimini martgacha uzaytirayotgani, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya va Shveysariyada kunlik COVID-19 holatlari soni bo‘yicha rekordlar yangilangani, AQShda qor bo‘roni tufayli besh kishining halok bo‘lgani, Qozog‘istondagi so‘nggi vaziyat va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Qozog‘iston xalqi beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqishiga ishonadi, deyiladi TIV bayonotida.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat Xavfsizlik kengashiga raislik qilishni boshladi, Nursulton Nazarboyev ushbu lavozimga bir umrga tayinlangan edi. Toqayev kengash raisi sifatida iloji boricha qattiqqo‘llik bilan harakat qilishini ma’lum qildi. «Bu menga o‘zlari va oilalarining hayotlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi», — dedi u. Prezident poytaxtda qolib, tez orada Qozog‘istonni siyosiy transformatsiya qilish bo‘yicha yangi takliflarni taqdim qilishini ta’kidladi.
«Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Sobiq afg‘on uchuvchilari va rasmiylari qo‘shni davlatlarga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting