«Tolibon» birinchi marta Tojikistonga tahdid qildi. Avvalroq, Tojikiston hukumati qarshilik ko‘rsatilayotgan so‘nggi hudud — Panjsher viloyati toliblar tomonidan bostirilayotganini qoralagan edi. Ular, shuningdek, «bu mamlakatda zulm va ta’qiblar natijasida tuzilgan boshqa Afg‘oniston hukumatini» tan olmasliklarini bildirishdi. Ikki davlat chegarasidagi vaziyat og‘irlashmoqda.
YouTube’ning saylov natijalariga shubha tug‘diradigan kontentni joylashtirishni taqiqlagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining qirol Zohir Shoh davridagi konstitutsiyaga amal qilishi, Yaponiyada favqulodda holat rejimining bekor qilinayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ilon Mask yana dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning boyligi Forbes Real-Time reytingida 203,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Yevropa Ittifoqining 2 mingdan ortiq muhojirni Belarusga chiqarib yuborishga harakat qilgani, «Tolibon»ning erkaklarga soqol olishni taqiqlagani, Kritdagi kuchli zilzila va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Germaniya bundestagiga saylovlarda 25,7% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Hukmron XDI / XSI partiyasi bloki 24,1% ovoz oldi.
Rossiyada migrantlar huquqlari himoyachisi, Tong Jahoni tashkiloti rahbari Valentina Chupik hibsga olindi. OAVda uning mamlakatga kirishi 30 yilga taqiqlanishi haqida xabar berilmoqda. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan huquq himoyachisini endi o‘z mamlakatiga deportatsiya qilishlari mumkin.
Xitoyda aholi o‘rtasida boylikdagi farqni kamaytirish va xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini joriy qilishga doir reja e’lon qilindi.
Bir qator fransuz moda uylarining mo‘ynadan butunlay voz kechayotgani, Suriyaning AQShdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilgani, Yevropa Ittifoqining Kobulda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkinligi, Ukraina parlamentining prezident Zelinskiyga «Oskar» berish taklifini ko‘rib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bir yarim yil davomida Tojikiston prezidenti bilan qiyin muzokaralardan so‘ng, o‘zbek-tojik chegarasidagi minalar tozalangan.
Freedom House`ning internet erkinligi darajasini aniqlovchi Freedom on the Net 2021 hisobotida O‘zbekiston 100 balldan 28 ball to‘pladi. Mamlakat erkin internetga ega bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jazoirning Marokash uchun o‘z havo makonini yopgani, AQShga evakuatsiya qilingan afg‘on qochqinlarining yomon sharoitlarda yashayotgani, Ukrainada oligarxlar to‘g‘risida qonun qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Approve.com tadqiqotiga ko‘ra, dunyoning eng yirik 16 ta kompaniyalarining bozor qiymati keyingi besh yillikda 1 trln dollarga yetishi kutilmoqda. Ular orasida Tesla, Netflix, Berkshire Hathaway, Visa, Alibaba Group kabi kompaniyalar o‘rin olgan.
BMT bosh kotibining dunyo rivojlanishga xalaqit berayotgan muammolarni sanagani, Ukrainada prezident yordamchisining mashinasi o‘qqa tutilgani, Namibiyada namoyishchilarning Germaniyadan genotsid uchun 9 mlrd dollar to‘lashni talab qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi uchun «sharoit tayyorlanayotgani» va ayollar erkaklar bilan bir xil fanlarni o‘qishini ma’lum qildi. «Jinsiga qarab alohida dasturlar bo‘lmaydi va diplomlar dunyoda tan olinadi», — dedi u.
Sudanda davlat to‘ntarishiga urinishning muvaffaqiyatsiz tugagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatida yangi tayinlovlar, Qozog‘istonning 2023 yildan boshlab yangi telefon kodiga o‘tayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» o‘rta ta’limdagi qizlarning maktabga borishini chekladi. Kobulda davlat xizmatida ishlovchi ayollarga ishga chiqish taqiqlanib, faqat ayrim kasb egalariga ishlashga ruxsat berildi. «Tolibon» rasmiylari bu holatlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» deya izohlamoqda. «Kasbim bo‘lmasa, o‘qishimga ruxsat berishmasa, xavfsizlikning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Bu xavfsizlik faqat «Tolibon»ga kerak», — deydi tibbiyot sohasida ta’lim oluvchi afg‘on qizi. «Tolibon» matbuot xizmati vakili hukumatda ayollarga zarurat yo‘qligini, ularning vazifasi bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalash ekanligini ta’kidladi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir fuqaro xususiy uylardan birida ko‘chirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi paytida sud ijrochilariga, politsiya xodimlariga o‘q uzgan. Otishma oqibatida besh kishi vafot etgan.
Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.
Afg‘onistonda teraktlar oqibatida bir necha kishining halok bo‘lgani, Xitoyda bolalar uchun TikTok’ning cheklangani, Hindistonning 500 ming xorijlik sayyohga bepul viza berayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan, deb xabar berdi TIV.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting