Finlyandiya, Daniya va Shvetsiyaning 30 yoshgacha bo‘lgan aholini Moderna bilan emlashni to‘xtatgani, Latviya sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda holat e’lon qilingani, Pokistonda zilzila oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazoq Gurna adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofotining sohibi bo‘ldi. U «kolonializm oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani» uchun taqdirlangan.
Afg‘onistonning energetika kompaniyasi elektr energiyasi haqini to‘lamagan sobiq hukumat amaldorlarining mol-mulkini sotuvga qo‘ymoqchi. Mamlakat aholisi kompaniyaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlayotganligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasidan qarzlarning umumiy miqdori 5,5 mln dollardan ortiq.
Afg‘onistonning Hasht e Subh Daily gazetasi mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining qochish tafsilotlarini yoritdi. Nashrning yozishicha, u va uning atrofidagilar avval O‘zbekistonga borib, Termiz aeroportida bir kundan ko‘proq qolishgan, so‘ngra Qozog‘iston aviakompaniyasi samolyoti bilan BAAga uchishgan.
Gruziyaning o‘z raqamli valyutasini joriy etishni rejalashtirayotgani, Avstriyada hukmron partiya idoralarida tintuvlar o‘tkazilgani, Xitoyning 2025 yilga kelib Tayvanni bosib olishga to‘liq tayyor bo‘lishi haqidagi fikrlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Benjamin List va Devid Makmillan molekulalarning yangi hamda aniq tuzilishini — organokatalizni kashf qilgani uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Yevropada tabiiy gaz narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olti baravarga o‘sdi. 5 oktabr kuni tabiiy gaz fyucherslari narxi ming kub metr uchun qariyb 1200 dollarga yetdi. Yaqinlashayotgan isitish mavsumida gaz tanqisligi xavfi xonadonlarni isitish, elektr energiyasi ta’minoti va sanoat ishlab chiqarishga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Yevropa gaz bozorida naxrlarning rekord darajada ko‘tarilishining sabablari va buning oqibatlari haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bir kunning o‘zida messenjerning foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘payganini ma’lum qildi. U Shimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram`ga o‘ta boshlashganini ta’kidladi. “Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”, — deydi Durov.
Dollarning jahon valyutasi maqomi tahdid ostida bo‘lishi mumkinligi, Facebook’dagi uzilishlar sababi, dunyo aviakompaniyalarining 2050 yilga kelib CO2 chiqindilarini nolga yetkazish majburiyatini olishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2021 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Syukuro Manabe, Klaus Hasselman va Jorjio Pariziga «murakkab fizik tizimlar haqidagi tushunchamizga qo‘shgan hissasi» uchun berildi.
Afg‘onistonning energetika kompaniyasi O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan 51 mln dollar qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kompaniya vakillari BMTning Afg‘onistondagi yordam dasturidan qarzni to‘lash uchun 90 mln dollar mablag‘ so‘rab murojaat qilishgan.
Janubiy Kaliforniyada katta miqdordagi neftning okeanga to‘kilgani, Finlyandiya prezidentining bir kun davomida 16 yoshli qiz bilan birgalikda ishlashi, Eron va Ummonga kelgan to‘fon oqibatida 9 kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin ko‘payishi oqibatida mamlakat bo‘ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
Tibbiyot sohasidagi Nobel mukofoti «harorat va sezish retseptorlarini kashf qilgan» olimlar Devid Julius va Ardem Pataputyanga topshirildi.
Taniqli siyosatchilar, davlat va hukumat rahbarlari, mashhur boylarning ofshor operatsiyalari haqida e’lon qilingan «Pandora Papers» hujjatlarida O‘zbekistonga millionlab investitsiya kiritgan irland kompaniyalari hamda Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumon qilinadigan Telia kompaniyasi vakillari haqida ham so‘z boradi. Shuningdek, surishtiruv doirasidagi hujjatlarda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oilasi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Iordaniya qiroli, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va boshqa taniqli shaxslarning ofshor operatsiyalari haqida ma’lumot keltirilgan.
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida qo‘lga olindi, unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Siyosatchi vataniga munitsipal saylovlar arafasiga qaytgandi.
Qirg‘iziston Milliy energoxoldingi mamlakatda energetika inqirozi kuzatilayotgani ortidan nomaishiy iste’molchilar, jumladan kafe va do‘konlarga kuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari va reklama yoritkichlarini yoqishni taqiqladi.
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingani, Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 100 dan ortiq kishining halok bo‘lgani, YouTube’ning COVID-19 vaksinalari haqida noto‘g‘ri ma’lumotga ega kontentni taqiqlayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Tunis tarixida ilk bor ayol kishining hukumat rahbari etib tayinlanishi, «Tolibon»ning Kobul va Nangarxorda IDga qarshi operatsiyani boshlagani, Fransiyada 2017 yildan buyon 650 ta islomiy tashviqot markazi yopilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyaga (LDP) yangi rahbar etib saylandi. U sobiq mudofaa vaziridan 87 ta ko‘p ovoz to‘plab, mamlakatning yuzinchi bosh vaziriga aylanish imkoniga ega bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting