Jahon

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
12 iyul 2021, 11:48

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Kubada minglab aholi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyishchilar aholini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashni talab qildilar va elektr energiyasi hamda oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlardan noroziliklarini bildirdilar. Bu mamlakatdagi 30 yil ichidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi
12 iyul 2021, 01:49

Milliarder Richard Brenson raketoplanda koinotga parvoz qildi

Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson VSS Unity raketoplanida koinotga parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kosmik turizm erasi boshlanganini e’lon qildi.

Tojikistonda zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
10 iyul 2021, 17:18

Tojikistonda zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Tojikistonning sharqiy qismida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Natijada, besh kishi halok bo‘ldi va 19 ta uy zarar ko‘rdi.

Toliblar Qandahorga kirishdi
9 iyul 2021, 16:23

Toliblar Qandahorga kirishdi

«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning Qandahor shahriga kirishdi. Avval shaharning markaziy qamoqxona, so‘ng bozor hududida janglar bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va yaralangan.

«Afg‘oniston kelajagini hal qilish — afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati» — Jo Bayden
9 iyul 2021, 15:21

«Afg‘oniston kelajagini hal qilish — afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati» — Jo Bayden

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini chiqarishni 31 avgust kuni yakunlaydi. Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh «Al-Qoida» rahbarini yo‘qotib, mamlakatdagi o‘z maqsadlariga erishganligini ta’kidladi. «Afg‘onistonning keyingi taqdirini hal qilish — faqat afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati», — dedi u.

Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat tufayli KXSHTdan yordam so‘radi
8 iyul 2021, 12:11

Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat tufayli KXSHTdan yordam so‘radi

Tojikiston KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi. Avvalroq, KXSHT agar Tojikiston siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilsa qo‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi
8 iyul 2021, 10:15

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi

23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarining ochilishi rejalashtirilgan Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat e’lon qilinadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)
7 iyul 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Gaiti prezidentining o‘z uyida o‘ldirilgani, Turkmanistonda majburiy emlashning joriy etilgani, Litvaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
6 iyul 2021, 21:17

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida yo‘lovchi samolyotining qulab tushgani, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida 20 ming askarni safarbar qilayotgani, Tokiodagi Olimpiadaning ochilish marosimiga faqat VIP-mehmonlarning kiritilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan». Nursulton Nazarboyev — Islom Karimov haqida
6 iyul 2021, 17:32

«U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan». Nursulton Nazarboyev — Islom Karimov haqida

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan o‘zbek-qozoq chegarasini shakllantirish bo‘yicha qanday muzokaralar olib borganini so‘zlab berdi. «Har doim o‘zining qarashi bor edi. U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan», — dedi u.

Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi
6 iyul 2021, 11:07

Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi

COVID-19 pandemiyasi tufayli Angliyada joriy etilgan barcha cheklovlar 19 iyuldan butunlay bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. «Biz qonuniy cheklovlardan voz kechamiz va odamlarga virus bilan qanday kurashish to‘g‘risida o‘zlari asosli qarorlar qabul qilishlariga imkon beramiz» — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. Sentyabrga qadar mamlakatning barcha voyaga yetgan fuqarolari ikki dozali vaksinalar bilan to‘liq emlanishi ko‘zda tutilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 iyul 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar, BAAning emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani, Indoneziyada chet elliklar uchun kirish qoidalari kuchaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tojikiston yana mingdan ortiq afg‘on harbiylarini qabul qildi
5 iyul 2021, 12:26

Tojikiston yana mingdan ortiq afg‘on harbiylarini qabul qildi

5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» kuchlari Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasidagi oltita okrugni o‘z nazoratiga oldi. Tojikiston qo‘shni davlat hududiga chekingan Afg‘oniston hukumat qo‘shinlarining 1000 dan ortiq harbiy xizmatchilarini qabul qildi.

Filippinda harbiy samolyot qulashi oqibatida 50 kishi vafot etdi
5 iyul 2021, 10:04

Filippinda harbiy samolyot qulashi oqibatida 50 kishi vafot etdi

Filippinning janubi-g‘arbiy qismida C-130 samolyoti qulashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 47 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakillari bor. Hodisa natijasida 49 nafar askar jabrlangan.

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi
3 iyul 2021, 09:15

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi

30 iyun kuni Germaniya askarlarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni tark etdi. GFR mudofaa vaziri buni «muhim tarixiy voqea» deb atadi. «Biz Afg‘onistondan tezda yevropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto‘g‘ri taassurotni uyg‘otdik», — dedi u. Vazir shuningdek, NATO ittifoqdoshlari Afg‘onistonga boshqa yo‘llar orqali yordam berish haqida bosh qotirayotganini ham ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 iyul 2021, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgani, Parijdagi «Sharl-de-Goll» aeroportida ish tashlash, Braziliya parlamentining ayollarga nisbatan psixologik zo‘ravonlikni jinoyat deb tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg
2 iyul 2021, 17:44

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan va hozirda «Tolibon» qasosidan qo‘rqayotgan 9000 ga yaqin afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni iltimos qilib murojaat qildi, deb yozadi Bloomberg.

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT
2 iyul 2021, 11:38

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT

COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqaro turizm to‘rt trln dollar zarar ko‘rishi mumkin. Turizm sohasining tiklanishi ko‘p jihatdan vaksinalardan foydalanish imkoniyatining mavjudligiga bog‘liq, deya hisoblaydi BMT ekspertlari.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 iyul 2021, 21:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyning 100 yillik maqsadiga erishgani, AQShda 80 ga yaqin kishining issiqlik tufayli vafot etgani, 2020 yilda dunyodagi millionerlarning umumiy boyligi 79,6 trln dollarni tashkil etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi
1 iyul 2021, 17:00

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida so‘nggi besh kun ichida 500 ga yaqin o‘lim holatlari qayd etildi. Aksariyat hollarda odamlar anomal issiq ob-havo tufayli vafot etgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting