Tojikistondagi chegara postiga hujum qilgan qurollangan shaxslarning ID terroristlari ekani va Afg‘onistondan kirib kelgani ma’lum qilindi.
Nyu-Deli hukumati havoning ifloslanish darajasi eng yuqori darajaga yetgani sababli favqulodda holat e’lon qildi: maktablar yopildi, aviareyslarning bir qismi bekor qilindi.
So‘nggi besh yil davomida 1109 nafar jurnalist o‘ldirildi. Ularning 93 foizi — harbiy muxbirlar emas, balki hokimiyatni suiiste’mol qilish va korrupsiya holatlarini yoritgan mahalliy jurnalistlardir.
«Islom davlat» jangarilar tashkiloti o‘z yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning o‘ldirilganini tasdiqladi va uning vorisi nomini oshkor qildi.
Pokistonda yo‘lovchi poyezdida chiqqan yong‘in natijasida eng kamida 65 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
AQSH prezidenti ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani xabarini berdi va «dunyo endi ancha xavfsizroq bo‘lganini» ta’kidladi.
Buyuk Britaniya politsiyasi yuk mashinasidan 39 nafar muhojirning jasadlarini aniqladi. Uning konteyneri muzlatkichli bo‘lgan — tashish vaqtida harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.
Yaponiyaning yangi imperatori Naruxito 2000 nafar mehmon qarshisida o‘zining taxtga o‘tirishi haqida e’lon qildi. Marosimda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.
BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi ISHID jangarilarining ozod qilinishiga olib kelishidan xavotirda ekanliklarini bildirdi.
Makka va Madina o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l hodisasida arab va Osiyo davlatlaridan kelgan eng kamida 35 nafar ziyoratchi vafot etdi.
Kataloniyada mustaqillik uchun referendum o‘tkazgan siyosatchilarga nisbatan sud hukmiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklar natijasida 130 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Yaponiyadagi «Xagibis» to‘foni natijasida 40 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. O‘zbekiston prezidenti Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik yo‘lladi.
Turkiya armiyasi Suriya shimolida kontrterroristik operatsiyani boshladi.
Hukumatga qarshi namoyishlar sababli Bag‘dodda komendantlik soati e’lon qilindi. Iroqda internetga kirishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Fransiyaga 12 yil prezidentlik qilgan Jak Shirak 87 yoshda vafot etdi.
Jangarilar elektr uzatish liniyasini portlatgani sababli O‘zbekistondan Afg‘onistonning 11 ta provinsiyasiga elekr uzatish keskin qisqardi.
Tojikistonda Rog‘un GESning ikkinchi agregati ishga tushirildi. Marosimda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi.
Vena yana bir marta yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi. Eng yomon shahar esa — Damashq.
Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 96 yoshda vafot etdi. Ikki yil avval u hokimiyatdan chetlashirilgan va uy qamog‘iga joylashtirilgan edi.
Vitaliy Klichko Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimidan ozod qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting